Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik ayolning ikki bolasi Rossiyada qarovsiz qolgani aytilmoqda
Kun.uz manbasiga ko‘ra, asli qashqadaryolik bo‘lgan, Rossiyada avtoslesarlik bilan shug‘ullangan ayol giyohvand modda savdosida gumonlanib, Qozon shahrida qamoqqa olingan. Uning ikki nafar qizi qarovsiz qolib ketgan. O‘zbekiston bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova vaziyat o‘rganilib, bolalarni mamlakatga qaytarish choralari ko‘rilishini bildirdi.

Foto: Kun.uz
Asli qashqadaryolik bo‘lgan, Rossiyaning Moskva viloyatida ishlab yurgan ayol giyohvand modda savdosida gumonlanib, ushlangan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi. Manbaga ko‘ra, u 4 oy oldin Qozon shahrida qo‘lga olingan. Holatning aniq tafsilotlari hozircha ma’lum emas.
Ayol ikki qizi bilan yashagan. U ushlangach, qizlari qarovsiz qolgan. Ayolning tanishlari O‘zbekistonga qo‘ng‘iroq qilib, qizaloqlarning bobosi va tog‘asi bilan gaplashishgan. Ular bolalarni O‘zbekistonga jo‘natib yubormoqchi bo‘lishgan. Ammo negadir ularni na bobosi, na boshqa yaqinlari qabul qilishni istamagan.
Kun.uz holat yuzasidan ma’lumotlarni bolalar ombudsmaniga berdi. Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova vaziyat o‘rganilib, bolalarni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilishini bildirdi.
Ismi Iroda bo‘lgan ushbu ayol haqida Kun.uz 4 yil oldin lavha tayyorlagandi. O‘shanda u Moskva viloyatida avtoslesarlik qilardi.
Oldinroq migratsiya masalalari bo‘yicha yurist Botirjon Shermuhammad Kun.uz jurnalisti bilan suhbatda Rossiyada ko‘plar tuhmat va huquqiy bilimi yetmaganidan qamalib qolayotgani, agar O‘zbekistonga qaytarilsa, ularning ishi qayta ko‘rilishi mumkinligi haqida ma’lum qilgandi.
Shuningdek, u o‘zbekistonliklarni pul uchun narkokurerlikka yollanish va uning og‘ir oqibatlaridan ogohlantirgandi.
“Bugun kurerlarning har bitta xizmati 300-700 rubl oralig‘ida ekan — bu katta pul emas. Bir kunda 20-30 ta joyga yetkazib berganda ham, kuniga 100 dollar pul topishi mumkin. Ammo bularning bari katta xavf, tavakkal hisobiga bo‘ladi-ku.Kurerlarning faoliyati 2-3 oydan ko‘pga bormaydi. Chunki ular o‘rtacha shuncha vaqtda qo‘lga tushadi hamda uzoq yilga qamaladi”, degandi Botirjon Shermuhammad.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

21:19 / 26.07.2025
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi

21:14 / 26.07.2025
Ozarboyjon Rossiyadan AZAL samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi

18:40 / 26.07.2025
Rossiya va Ukraina Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida kelishib oldi – Turkiya TIV

11:06 / 26.07.2025