Zomin tog‘larida adashib qolgan uch kishi qutqarildi
Toshkent shahridan Zomin tumaniga sayohatga borgan uch kishi tog‘ning yuqori cho‘qqisiga chiqib, qorong‘i tushgani sababli qaytish yo‘lini topa olmay qolishgan.

Foto: FVV
Zomin tumanida qutqaruvchilar tog‘da adashib qolgan uch fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatishdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 13 fevral kuni soat 18:48da Jizzax viloyati FVBga Zomin tumaniga dam olish uchun borgan Toshkent shahrida yashovchi uch fuqaro toqqa aylangani chiqib, qolib ketganligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan zudlik bilan viloyat FVB qutqaruvchilari qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlagan. Ma’lum bo‘lishicha, uch nafar fuqaro tog‘ning yuqori cho‘qqisiga chiqib, kech bo‘lib qorong‘u tushganligi sababli qaytish yo‘lini topa olishmagan.
Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida fuqarolar sog‘-salomat xavfsiz joyga olib kelinib, ular bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Oldinroq qutqaruvchilar Toshkentda barmog‘i temir xalqaga tiqilib qolgan 2 yoshli qizchaga yordam ko‘rsatishgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

14:35 / 24.06.2025
Tog‘li va cho‘l hududlarda turizm subsidiyalar bilan qo‘llab-quvvatlanadi

10:24 / 14.05.2025
Zominda jarlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi

15:52 / 27.02.2025
Xitoy tog‘larida adashgan sayyoh tish pastasi tufayli omon qoldi

10:13 / 13.01.2025