Qashqadaryoda hech qanday hujjatsiz kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotgan dorixona sotuvchisi aniqlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departament hamda DXXning Yashnobod tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Qorasuv ko‘chasidagi xonadonda yashovchi M.B.ning uyida fuqaro O.A. (muqaddam sudlangan) jami 392 dona «Regapin» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «N.F.» MChJga qarashli dorixona sotuvchisi X.A. xaridorga hech qanday hujjatsiz jami 100 dona «Zardeks» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan yana 60 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa «Q.P.» MChJga qarashli dorixona norasmiy sotuvchisi Sh.Z. fuqaro G.L.ga jami 50 dona «Reduksin» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

08:41 / 29.05.2025
Ko‘p qavatli "dom"larda hisoblagich o‘rnatmasdan gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi

17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi

11:02 / 15.12.2024