Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon rahbari Amerika xalqidan shifoxonaga yotqizilgan holati uchun uzr so‘radi
Lloyd Ostin yil boshida shifoxonaga yotqizilgani haqida o‘z vaqtida xabar bermagani uchun prezident Bayden va xalqdan uzr so‘radi.

Foto: Reuters
Pentagon rahbari Lloyd Ostin yil boshida shifoxonaga yotqizilgani haqida kech xabar berilgani uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga to‘liq olishini aytdi va buning uchun AQSh prezidenti Jo Baydendan kechirim so‘radi.
«Men prezident Baydendan kechirim so‘radim. Men unga jiddiy tashxisim va davolanishim to‘g‘risida darhol xabar bermaganimdan chuqur afsusda ekanimni aytdim. U samimiy va iltifot bilan javob berib, menga to‘liq ishonishini ta’kidladi», dedi Ostin.
«Men aniq aytaman, biz noto‘g‘ri ish qildik, men noto‘g‘ri qildim. Men o‘z tashxisim haqida prezidentga, hamkasblarim va Amerika jamoatchiligiga xabar berishim kerak edi. Men javobgarlikni to‘liq o‘z zimmamga olaman va buning uchun hamkasblarim va Amerika xalqidan uzr so‘rayman», deb qo‘shimcha qildi u.
Shu bilan birga, Pentagon rahbari departament rahbariyati uchun hech qanday xavf bo‘lmaganini ta’kidladi: «Har daqiqada men yoki o‘rinbosarim o‘z vazifalarimizni to‘liq bajardik».
Dekabr oyi boshida Ostinga prostata saratoni tashxisi qo‘yildi va 22 dekabrda minimal jarrohlik amaliyoti, prostatektomiyadan o‘tdi.
Biroq 1 yanvar kuni Pentagon rahbari kuchli og‘riqlar bilan shifoxonaga yotqizildi, unga siydik yo‘llari infeksiyasi tashxisi ham qo‘yildi.
Shu bilan birga, Mudofaa vaziri bir necha kun davomida AQSh ma’muriyatini shifoxonaga yotqizilgani haqida xabardor qilmagan: Oq uyga 4 yanvargacha Mudofaa vazirligi rahbari shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilmagan. Bu esa ko‘plab siyosatchilarning e’tiroziga sabab bo‘ldi.
Keyinchalik Ostin bayonot berib, AQSh ma’muriyatini xabardor qilmasdan xatoga yo‘l qo‘yganini tan oldi.
29 yanvar kuni Ostin Pentagondagi ish joyiga qaytgani ma’lum bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Tadbirkorning 443 mln so‘mlik dori vositalarini o‘zlashtirgan menejer aniqlandi
Jamiyat | 09:10
-
Play Mobile SMS-xabarlari biznes uchun qulay va samarali vositadir
Jamiyat | 09:00
-
«Naftogaz Ukrainy»: Kiyev birinchi marta Ozarboyjondan gaz oladi
Jahon | 08:47
Mavzuga oid

08:12
Yevroittifoq AQSh avtomobillari uchun bojlar bekor qilinishini tasdiqladi

23:14 / 29.07.2025
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi

22:56 / 29.07.2025
Tramp qanday shartlarda Xitoyga borishi mumkinligini aytdi

16:17 / 29.07.2025