Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi
2023 yilda O‘zbekistonda 10 204 ta yong‘in hodisasi yuz bergan. Buning oqibatida jismoniy va yuridik shaxslarga 270,4 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Foto: senat.uz
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun muhokama qilindi.
Ma’lum qilinishicha, yong‘inlarning oldini olish sohasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligiga qaramasdan, yong‘inlar bilan bog‘liq og‘ir oqibatli noxush hodisalar ro‘y bermoqda.
Jumladan, 2023 yilda 10 204 ta yong‘in hodisasi yuz berib, unda 251 nafar fuqaro jabrlangan, shundan 79 nafari vafot etgan, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga 270,4 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Shundan faqatgina 2023 yilning o‘zida tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli obektlarda 797 ta yong‘in sodir bo‘lgan.
Majlisda ayrim fuqarolarning yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilmasligi, aksariyat hollarda ushbu qoidalarga e’tiborsizlik bilan qarashi, shuningdek, amaldagi qonunchilikda qonunbuzilish holatlari uchun yengil ma’muriy jazo choralari belgilanganligi yirik yong‘inlar sodir bo‘lishining asosiy sabablaridan bo‘layotgani ta’kidlangan. Hududlarda ro‘y bergan yirik yong‘inlar sabablarini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan Hukumat komissiyasi qayd etishicha, davlat yong‘in nazorati organlarining vakolatlari yetarli emasligi sababli ular tomonidan yong‘inning oldini olish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilmasdan qolmoqda.
Muhokama qilingan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish yong‘in chiqishiga olib kelganligi uchun ma’muriy javobgarlik belgilashni, shaxslarning ehtiyotsizligi yoki yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganligi tufayli uy-joy fondida odamlarning sog‘lig‘iga zarar yetishi yoxud o‘zganing mol-mulki shikastlanishi yoki uning yo‘q qilinishi bilan bog‘liq bo‘lmagan tarzda yong‘in sodir bo‘lganda bunday shaxslarni javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

11:02 / 19.07.2025
Shayxontohur tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

14:26 / 17.07.2025
Iroqdagi savdo markazida yong‘in: 80 ga yaqin kishi halok bo‘lgan (video)

11:40 / 17.07.2025
Seul ko‘chasida avtomobil yonib ketdi

09:57 / 17.07.2025