Samarqanddagi poliklinikada yong‘in yuz berdi
Hodisada hech kim jabrlanmagan.

Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi markaziy poliklinikada yong‘in yuz bergan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 27 yanvar kuni ertalab sodir bo‘lgan.
Oqdaryo tumani FVBga soat 09:20 da “Loyish” MFYda joylashgan markaziy poliklinikada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 09:24 da voqea joyiga yetib borib, soat 09:30 da yong‘in bartaraf etilgan.
Yong‘inda hech kim tan jarohati olmagan. Faqat shifokor Sh.X.ning xizmat xonasidagi xona jihozlari yonib, zararlangan.
Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

15:21
Taxtaqoracha dovonida yana yong‘in chiqdi

16:16 / 04.07.2025
Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi

10:04 / 04.07.2025
Toshkent tumanida joylashgan uylarning biri yonib ketdi

21:22 / 03.07.2025