Migrantlarning Rossiyada o‘rdaksimon yurishga majburlangani holati o‘rganilmoqda - Tashqi mehnat migratsiya agentligi
O‘tirib yurganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagani ma’lum qilindi.

Foto: Telegram / obshinaekb
Avvalroq, Rossiyaning Yekaterinburg shahrida huquqni himoya qilish organlari xodimlari qurilish obektlarining birida reyd o‘tkazgan va Markaziy Osiyodan borgan ishchilar o‘rdaksimon usulda yurishga majburlangandi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi holat o‘rganilgani haqida xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 2024 yilning 17 yanvar kuni sodir bo‘lgan va Yekaterinburg shahrida joylashgan qurilish obektlarining birida IIV, FXX, Rosgvardiya va prokuratura xodimlari reyd o‘tkazgan.
Ushbu qurilish ishlarida Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari vaqtincha ishlab kelgan. Reyd davomida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham ushlangan va patensiz mehnat faoliyatini amalga oshirgani sababli sudning qarori asosida Yekaterinburg shahri Gornistov 15/4-uyda joylashgan Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markaziga joylashtirilgan.
“Ushbu yurtdoshlarimizning ma’lum qilishicha, huquq-tartibot organlari xodimlari qurilish binosiga kirgan vaqtda ko‘plab mehnat migrantlari qochishga harakat qilgan va binoning orqa tomonidan qochayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Fuqarolarning harakatlariga javoban huquq-tartibot organlari xodimlari ularni o‘tirib yurishga majbur qilgan. Ammo o‘tirib yurganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan”, deyiladi munosabatda.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda holat O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan nazoratga olingan. O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy va boshqa shakldagi yordam ko‘rsatilyapti.
Avvalroq O‘zbekiston ombudsmani Yekaterinburgda o‘rdaksimon yurishga majburlangan mehnat migrantlarining kamsitilgani yuzasidan Rossiya ombudsmaniga murojaat qilib, ularning mehnat huquqlarini ta’minlashda ko‘mak so‘ragandi.
Qirg‘iziston TIV ma’lumotiga ko‘ra, Yekaterinburgdagi qurilish maydonida ishlovchilarning 40 nafarga yaqini qirg‘izistonliklar bo‘lib, ularning uch nafari videoga tushib qolgan. Qo‘shni mamlakat tashqi ishlar vazirligi holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazishni talab qilgan.
Keyinroq, Qirg‘iziston TIV esa «ushbu fakt bo‘yicha Rossiyaning federal organlari darajasida ish qo‘zg‘atilishi»ni ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
TIV Eron va Isroildagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston | 01:07
-
Tramp oilasi 499 dollarlik «Oltin smartfon»ni sotuvga chiqaradi
Jahon | 00:30
-
“Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q” – siyosatshunos
Jahon | 00:11
-
Isroil armiyasi Eronga qarshi harbiy operatsiyaning birinchi bosqichi yakunlanganini e’lon qildi
Jahon | 23:37 / 16.06.2025
Mavzuga oid

22:20 / 16.06.2025
Tramp Rossiyaning G8 tashkilotidan chetlatilishini xato deb atadi

21:33 / 14.06.2025
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi

20:19 / 14.06.2025
AQSh Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishga qarshi – OAV

18:00 / 14.06.2025