Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston TIV Yekaterinburgdagi qurilish maydonidagi holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazishni talab qildi
17 yanvar kuni prokuratura, FXX, IIV va Rosgvardiya xodimlari Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi qurilish maydonlaridan birida reyd o‘tkazib, ishchilarni o‘rdaksimon usulda yurishga majburlagandi.

Foto: Videodan kadr
Reyd vaqtida ishchilar o‘tirgan holatda bir safga tizilib yurishga majbur qilingani aks etgan kadrlar avvaliga «Russkaya obshchina Yekaterinburga» telegram-kanalida, keyin esa Itʼs My City nashrida e’lon qilindi.
Itʼs My City nashri yozishicha, Azina ko‘chasidagi qurilish maydonida o‘tkazilgan reyd davomida shu yerda ishlovchi jami 150 kishining hujjatlari tekshirilgan. Shundan sakkiz kishini deportatsiya qilishga qaror qilishgan, yana to‘rt kishiga harbiy komissariatga chaqiruv qog‘ozi berilgan - ular Rossiya pasportini olganiga qaramay, hali hisobga turmagani ma’lum bo‘lgan.
Qurilish maydoni ishchilaridan 40 nafarga yaqini Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan, shundan uch nafari ishchilar o‘rdaksimon yurishga majburlangani aks etgan tasvirlarda ko‘rinish bergan. Respublika TIV alohida «axborot xabari» e’lon qilib, unda Bosh konsullik Rossiyaning nazorat organlari «huquq-tartibot organlari mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning qadr-qimmatini kamsituvchi usullardan foydalanishining qonuniyligini tekshirishi» uchun tegishli choralarni ko‘rayotgani bildirilgan.
TIV xabarida qayd etilishicha, videoda aks etgan qirg‘izistonliklarning o‘zi huquq-tartibot organlarining harakatlari ustidan shikoyat yozishni istamagan.
Ichki ishlar vazirligining Sverdlovsk oblasti bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati Valeriy Gorelix qurilish maydonlarida reyd o‘tkazilganini tasdiqlab, «joriy yilda bunday ishlar regionning barcha munitsipalitetlarida davom ettirilishi»ni ta’kidlagan.
- Rossiyada ishlovchi mehnat migrantlari orasida Qirg‘iziston fuqarolari ko‘pchilikni tashkil etadi. 2023 yil sentabrida «Rossiyskaya gazeta» mamlakatda Qirg‘izistondan kelgan 1 milliondan ortiq mehnat migrantlari borligi haqida yozgandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi (video)
Jamiyat | 11:56
-
London va Parij yadroviy tiyib turuvchi kuchlarni muvofiqlashtiradi
Jahon | 11:53
-
6 oyda eksport qilingan mevalarning qiymati ma’lum qilindi
Iqtisodiyot | 11:33
-
Estoniya NATO qaroriga muvofiq mudofaa xarajatini oshiradi
Jahon | 11:02
Mavzuga oid

23:41 / 09.07.2025
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin

18:42 / 07.07.2025
AQShda noqonuniy migrantlar saqlanadigan «izolyator»lar soni salkam 60 taga oshdi

21:44 / 02.07.2025
Ozarboyjon-Rossiya mojarosi: Bokuda ushlangan rossiyaliklar haqida nimalar ma’lum?

21:40 / 01.07.2025