Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolasini shafqatsizlarcha urgan va jasadini yerga ko‘mgan o‘zbekistonlik ayol va erkak Rossiyada ushlandi
Taxminan 1 yoshdagi bolasini shafqatsizlarcha urayotgani va keyinchalik uning jasadini yerga ko‘mayotgani tasvirlangan videolavhalardagi o‘zbekistonlik ayol va erkak Rossiyada hibsga olindi.

Foto: Videodan kadr
Kichik yoshdagi bolasini shafqatsizlarcha urayotgani, shuningdek, keyinchalik uning jasadini yerga ko‘mayotgani tasvirlangan videolavhadagi ayol va erkak Rossiyada ushlandi. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Qayd etilishicha, taxminan 1 yoshdagi bolasini shafqatsizlarcha urayotgani va keyinchalik uning jasadini yerga ko‘mayotgani tasvirlangan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan keyin, bolalar ombudsmani huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.
Shundan so‘ng, tasvirdagi ayol Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan A.G. ekani, u 2016 yildan beri Rossiyaning Novosibirsk shahrida turmush o‘rtog‘i B.I. bilan yashayotgani, bola esa ularning 2019 yilda tug‘ilgan farzandi ekani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston bosh prokuraturasi so‘roviga asosan O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi hamda Novosibirsk oblasti IIV xodimlari bilan tezkor ma’lumot almashilgan. Natijada, 19 yanvar kuni A.G. va B.I. Rossiyaning Berdyansk shahrida qo‘lga olinib, prosessual tartibda ushlangan.
Ta’kidlanishicha, Rossiya Tergov qo‘mitasining Novosibirsk shahri boshqarmasi tomonidan ayol va erkakka nisbatan Rossiya Jinoyat Kodeksining 117-moddasi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Yozning jazirama kunlarida ayollar terisini qanday parvarish qilish kerak?
Ayollar dunyosi | 16:35
-
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:11
-
Porscheʼning avtobiznesdan foydasi ikkinchi chorakda 91 foizga kamaydi
Avto | 15:07
Mavzuga oid

10:28 / 23.07.2025
Andijonda ayolga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan do‘kon egasi ushlandi

07:28 / 23.07.2025
Zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qilindi

13:39 / 14.07.2025
6 oyda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

15:09 / 08.07.2025