Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarbekov: «Sohani raqamlashtirish korrupsiyaning oldini oladi»
Madaniyat vazirligida ayni paytda ishlab chiqilayotgan yagona axborot tizimi doirasida vazirlik tizimida boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish, tizim tashkilotlari pasporti va reytingini shakllantirish, moddiy texnika bazasi hisobini yuritish, inson resurslarini boshqarish, ijodiy faoliyatni tartibga solishga doir yig‘ilish o‘tkazildi.

Foto: Madaniyat vazirligi
Vazir Ozodbek Nazarbekov sohani raqamlashtirish orqali korrupsiyaviy omillarning oldini olish, tizimga doir ma’lumotlarni prognozlashtirish, olingan ma’lumotlar kelgusidagi rejalarni to‘g‘ri shakllantirish imkonini berishini alohida ta’kidladi.
«Agar bu tizim ishga tushsa, qayerda g‘ijjakchi ko‘payib ketyapti, qayerda dutorchilarni tayyorlash oqsayapti, barchasini besh qo‘lday bilishimiz va ushbu ma’lumotlar asosida davlat kvotalari miqdorini shakllantirish mumkin bo‘ladi. Qolaversa, sohadagi vaziyatni oldindan ko‘ra bilish, shunga qarab kelgusidagi rejalarimizni prognozlashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi», deya ta’kidladi Ozodbek Nazarbekov.
Yangi tizim to‘liq ishga tushgandan so‘ng respublikadagi barcha musiqa va san’at maktablari, vazirlik tizimidagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi o‘quvchi hamda talabalar, pedagoglarning tarkibi, ularning erishgan natijalari, qaysi hududda san’atning qaysi turi rivojlanayotgani-yu qaysi turi oqsayotganiga doir barcha ma’lumotlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
«Iste’dodlarni turli qing‘irliklar qurboni bo‘lishidan asrab-avaylashimiz kerak. Bu jarayonda esa raqamlashtirishning o‘rni juda muhim. Kelgusida yangi tizim ishga tushgach, hududlarga borib mutasaddilarga eng iste’dodlari yoshlarni ko‘rsating deyishimizga hojat qolmaydi, qo‘limizda bu ma’lumot bo‘ladi. Mas’ullar ham «o‘zinikini» bizga «eng yaxshilar» sifatida taqdim eta olmaydi», ta’kidlaydi madaniyat vaziri.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston | 19:21
-
Hindistonda Jaguar qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Jahon | 19:02
-
Erdo‘g‘an muxolifatning muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazish talabini rad etdi
Jahon | 18:55
-
Amerikaning Lucid Air elektromobili Ginnes rekordini o‘rnatdi
Fan-texnika | 18:49
Mavzuga oid

00:26 / 14.05.2025
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi

12:14 / 04.03.2025
San’atkorlarga «u yoki bu dinni targ‘ib qilmaslik» bo‘yicha tushuntirish olib borildi

21:27 / 24.12.2024
“Erkinlik berib yuborilgan joyda san’atkorlar hamma yerni rasvo qilyapti” – Ozodbek Nazarbekov

19:33 / 24.12.2024