Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 mln dollarlik talon-toroj ishida gumonlanayotgan Erkin Mansurov ochiqda ekani ma’lum bo‘ldi
Markaziy bankning Buxoro viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘iga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha ayb e’lon qilinib, qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Shu bilan birga, u o‘z lavozimidagi faoliyatini davom ettirmoqda.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati
Bugun, 17 yanvar kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining 90-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati e’lon qilgan suratlardan ko‘rinishicha, sessiyada Markaziy bankning Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Erkin Mansurov ham ishtirok etgan.
Erkin Mansurov o‘tgan yili oxiridagi korrupsiyaga qarshi kurash tadbirlari doirasida qo‘lga olingan edi. U o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda mansab soxtakorligida gumonlanayotgandi.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, Mansurov noqonuniy kredit ajratish orqali qariyb 20 mln dollar miqdoridagi pul mablag‘lari talon-toroj qilingani holati bo‘yicha figurantlardan biri deb ko‘rilgan.
17 yanvar kuni Markaziy bank axborot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, Erkin Mansurov lavozimidan olinmagan va ayni paytda o‘z faoliyatini odatdagi tartibda davom ettirmoqda.
Prokuratura tizimidagi manbalarga ko‘ra, MBning Buxoro viloyati bo‘yicha boshlig‘iga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha ayb e’lon qilinib, unga nisbatan garov ehtiyot chorasi qo‘llangan..
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ford AQShda arzon elektromobillar ishlab chiqarishga 2 mlrd dollar sarmoya kiritadi
Jahon | 22:35
-
Qirg‘izistonda davlat tilidan foydalanishga qo‘yiladigan talablar kuchaytirildi
Jahon | 22:16
-
O‘zbekistonga sayyohlar kelishi bo‘yicha Rossiya yetakchi bo‘ldi
O‘zbekiston | 21:43
-
Hindiston Su-57 va F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda
Jahon | 21:42
Mavzuga oid

14:49 / 06.08.2025
Toshkentda uy-joy va yer narxlari pasayishda davom etyapti

17:52 / 28.07.2025
Har uch o‘zbekistonlikdan biri pul jamg‘armaydi - so‘rovnoma

20:29 / 21.07.2025
Markaziy bank oxirgi bir yilda narxlari eng ko‘p o‘zgargan tovarlarni ma’lum qildi

14:17 / 15.07.2025