Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda 2 100 dollarga uchta haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Beruniy tumanida 2 100 dollar evaziga fuqarolarga uchta haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Prokuratura departamenti hamda DXX Beruniy tumani bo‘limlari tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda fuqaro Z.D. uch nafar fuqaroni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib, haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga fuqaro J.K.dan 2 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida 700 dollar va 7 mln so‘mga ikkita haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lganlar ushlangandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT: Ukrainada iyunda tinch aholi orasida qurbonlar soni eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi
Jahon | 13:45
-
Yevropaning 12 shahrida jazirama harorat tufayli 2,3 ming kishi vafot etdi
Jahon | 13:20
-
Niderlandiya sudi Rossiyaga chiplar haqida ma’lumot topshirilishi ishi bo‘yicha hukm chiqardi
Jahon | 13:09
-
Buxoroda kelinini pichoqlab o‘ldirgan qaynota 7 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:41
Mavzuga oid

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

15:45 / 03.07.2025
Qoraqalpog‘istonda yirik turizm zonasi quriladi

21:08 / 11.06.2025
Qoraqalpog‘istonni 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqildi – Saida Mirziyoyeva

08:04 / 11.06.2025