O‘zbekiston | 20:44 / 15.01.2024
2729
1 daqiqa o‘qiladi

Yevrokomissiya vitse-prezidenti O‘zbekistonga keladi

Margaritis Sxinas prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi.

Foto: Getty Images

Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, Sxinas 16 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashadi. 

«Men Markaziy Osiyoning barcha beshta davlatiga sayohatni boshlayman. Tashrif 29-30 yanvar kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan «Yevropa - Markaziy Osiyo» investorlar forumi oldidan bo‘lib o‘tadi hamda Yevropa Ittifoqi va mintaqa o‘rtasidagi hamkorlikning ortib borayotganidan dalolat beradi», deb yozdi Margaritis Sxinas ijtimoiy tarmoqda. 

Xabarda Yevrokomissiya vitse-prezidentining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida qaysi masalalar muhokama qilinishiga aniqlik kiritilmagan.

Mavzuga oid