Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada urushdan metallurgiya sanoati eng ko‘p zarar ko‘rdi
Jahon banki tadqiqotiga ko‘ra, urush davrida Ukraina kompaniyalarining daromadi ikki baravar kamaygan. Iqtisodiyot barcha tarmoqlari ichida Rossiya hujumi metallurgiya sanoatiga eng katta zarba berdi.

Foto: Victor/Xinhua/Scanpix/LETA
Rossiyaning keng miqyosli hujumi boshlanishidan so‘ng, Ukrainada faoliyat yurituvchi kompaniyalar daromadi butun mamlakat bo‘ylab o‘rtacha ikki baravar kamaydi. Bu haqda Jahon bankining Ukraina biznesiga urush ta’siri bo‘yicha yangi tadqiqotida aytiladi, deb yozadi «Meduza» 14 yanvar, yakshanba kuni hujjat tahliliga tayanib.
Nashr qayd etishicha, Ukrainaning turli mintaqalarida biznes turli darajada zarar ko‘rgan: masalan, jangovar harakatlar olib borilayotgan mamlakat sharqi va janubida daromadlar mos ravishda uch barobar va 60 foizga, xodimlar soni esa 60 foizga kamaydi. Bu hududlardagi kompaniyalar soni qariyb 40 foizga qisqardi. Mamlakat g‘arbidagi kompaniyalar uchun tegishli ko‘rsatkichlar 2021 yilga nisbatan 40 foizga (daromad) va 20 foizga (xodimlar soni) kamaydi.
Shu bilan birga, mamlakat sanoat ishlab chiqarishining yarmidan ko‘pi joylashgan sharqiy va janubiy viloyatlardagi korxonalar atigi uchdan bir qismidan kamrog‘i ishlab chiqarish hajmini urushdan oldingi darajada ushlab turishga muvaffaq bo‘ldi. Mamlakat sharqida kompaniyalarning deyarli yarmi (47 foizi) Rossiya hujumlari tufayli vayronagarchilikka uchradi, janubda - taxminan uchdan biri (29 foiz), mamlakat bo‘yicha esa o‘rtacha - har beshinchi kompaniya, deya ta’kidlaydi «Meduza».
Hisobotda Ukraina sanoatining eng ko‘p zarar ko‘rgan tarmog‘i sifatida urushdan oldin eksportning 20 foizi va YaIMning 10 foizi to‘g‘ri kelgan metallurgiya tilga olinadi. Xususan, Ukraina Mariupoldagi yirik metallurgiya zavodlari - «Azovstal» va Ilich nomidagi kombinat, egallab olingan hududlardagi yana ko‘plab korxonalarni yo‘qotdi. Natijada 2022 yil oxirida metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarish 60 foizdan ortiqqa kamaydi.
Energiya ta’minoti - Ukraina kompaniyalarining asosiy muammosi
So‘rov o‘tkazilgan 2023 yil bahor-yoz oylarida Ukraina korxonalari duch kelgan asosiy muammolarga energiya ta’minotidagi uzilishlar (respondentlarning 15 foizi ular haqida xabar qilgan), internetga ulanishdagi muammo (taxminan 10 foizi), logistika buzilishi, shuningdek, safarbarlik va majburiy migratsiya tufayli xodimlarning yetishmasligi aylandi. Korxonalarning 15 foizi ishlab chiqarishni qisqartirishga va kadrlar yetishmasligi sababli buyurtmalarni bekor qilishga majbur bo‘ldi, yirik korxonalar orasida esa - 20 foizdan ko‘prog‘i.
«Ishlab chiqarishni cheklovchi barcha muammolardan tashqari, Ukraina biznesi talabning katta pasayishiga duch kelmoqda, - deb yozadi «Meduza» Jahon banki ma’lumotlari tahliliga asoslanib. - Bu ko‘plab kompaniyalar faoliyatini vaqtincha to‘xtatib qo‘yishi yoki butunlay yopilishiga asosiy sabab bo‘ldi». Bu, shuningdek, kompaniyalarning investitsiya qilish qobiliyatiga ta’sir qiladi, talab qachon tiklanishi esa noma’lum. Rivojlanishga investitsiyalar o‘rtacha 76 foizga kamaydi.
Kompaniyalarning yarmidan ko‘pi joriy faoliyatni moliyalashtirishda qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda - har ikkinchi korxona keyingi olti oy davomida o‘z majburiyatlarini bajara olmasligini ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda
Jahon | 11:06
-
Lavrov: Rossiya va KXDR hamkorligi Koreya yarimorolidagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi
Jahon | 10:34
-
Tramp Ukrainaga Patriot komplekslari yetkazib berilishini e’lon qildi
Jahon | 10:27
-
Oliygohlarga kirish imtihonlari boshlandi
O‘zbekiston | 10:04
Mavzuga oid

10:27
Tramp Ukrainaga Patriot komplekslari yetkazib berilishini e’lon qildi

16:42 / 13.07.2025
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?

12:59 / 13.07.2025
Tramp o‘zining Ukrainaga ilk harbiy yordamini tayyorlamoqda

23:38 / 12.07.2025