Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islandiyada vulqon otilishni boshladi
Grindavik shahri hududidagi avvalgi vulqon otilishi bir necha hafta oldin - 2023 yil 18 dekabrda sodir bo‘lgan.

Foto: AFP
Islandiyaning Grindavik shahri shimolida vulqon otishni boshladi, deb xabar berdi IMO milliy meteorologiya xizmati 14 yanvar, yakshanba kuni ertalab. Kechasi hududda silkinishlar kuchaygan va mahalliy vaqt bilan soat 3:00 ga kelib hukumat aholining evakuatsiya qilinishini bildirgan.
Grindavik shimolida qurila boshlagan himoya to‘g‘onlarining ikki tomonida yoriqlar paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda IMO. Kuzatuv kameralari tungi vaqtda lava otilishini qayd etgan.
Bu oxirgi ikki yil ichida Islandiyada beshinchi vulqon otilishidir. Grindavik mamlakatning janubi-g‘arbiy qismidagi Reykyanes yarimorolida joylashgan. Aholisi 4000 kishi bo‘lib, asosan baliqchilik bilan shug‘ullanadi. Aynan Grindavik hududida oxirgi qayd etilgan vulqon otilishi sodir bo‘lgan - 2023 yil 18 dekabrda. Undan oldin bir necha hafta davom etgan qator zilzilalar sodir bo‘lgan.
O‘shanda Grindavik aholisi otilishdan bir necha hafta oldin evakuatsiya qilindi. Vaziyat barqarorlashganda, ularga vaqti-vaqti bilan qisqa muddatga uyiga qaytishga ruxsat berildi.
Islandiya orol davlati Shimoliy Atlantikada Yevrosiyo va Shimoliy Amerika tektonik plitalarini ajratib turadigan O‘rta Atlantika tizmasi deb ataladigan joyda joylashgan. Bu mamlakatda 30 dan ortiq faol vulqonlar mavjud, bu - Yevropaning boshqa joylaridan ko‘ra ko‘proq.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

21:25 / 03.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi

20:29 / 02.06.2025
Italiyadagi Etna vulqoni yana otilishni boshladi

19:29 / 26.05.2025
Havayida Kilauea vulqoni otilishni boshladi

18:24 / 20.05.2025