Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bolam 65 kun komada yotdi” – Dok-1 Maks ishida farzandi nogiron bo‘lib qolgan jabrlanuvchining ko‘rsatmasi tinglandi
Dok-1 Maks siropi iste’molidan so‘ng gapirishdan va harakatdan qolgan hamda birinchi guruh nogironiga aylangan 5 yoshli bolaning otasi sudda farzandini to‘liq davolatish uchun 3 mlrd so‘m kompensatsiya so‘rashini ma’lum qildi.

Dok-1 Maks ishi bo‘yicha 12 yanvar kuni o‘tkazilgan sud majlisida “Dok-1 Maks” siropi sababli nogiron bo‘lib qolgan 5 yoshli bolaning otasi Feruz Nuritdinov ko‘rsatmasi tinglandi. Jabrlanuvchining ma’lum qilishicha, o‘g‘li 2022 yilning 21 dekabr kunidan 2023 yilning 23 fevral kuniga qadar shifoxonada koma holatida yotgan.
«Farzandim bog‘chaga borardi, sog‘lom edi, biror bir jiddiy kasallik bilan og‘rimagandi. 2022 yil dekabr oyi boshlarida farzandimizga biroz shamollagani uchun 3-4 kun shu doridan ichirgandik. Bolam nima yesa, hatto suv ichsa ham qayt qila boshladi. Klinikaga olib bordik, foydasi bo‘lmadi, ertasiga ham shu ahvol, faqat qorni og‘riyotganidan shikoyat qilaverdi.
Keyin Nukusdagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib bordik. Tekshirishib, bolaning ikki buyragi ham ishlamayapti, Toshkentga olib boring, deyishdi. O‘sha kuniyoq samolyotda Toshkentga uchib keldik.
Bolalar tibbiyot markaziga bordik. Shu zahoti dializ olishni boshlashdi. Ahvoli juda og‘irlashib, xuddi insult olgan insonga o‘xshab qolgandi. Dializlardan so‘ng sekin-sekin peshob chiqara boshladi. 21 dekabr kuni koma holatiga tushib qoldi va shu bilan 23 fevral kuni o‘ziga keldi. Shifokorlar miyada suv yig‘ilayotgani uchun komadan chiqolmayapti, deya boshini operatsiya qilishdi. Shundan so‘ng ko‘zini ochdi.
O‘g‘lim komadan chiqqach endi tug‘ilgan chaqaloqdek bo‘lib qoldi: hech narsani tushunmaydi, gapirsa anglamaydi. Shifokorlar bu kasalxonada ko‘p qolmasin, boshqa kasallik yuqtirib olish xavfi bor, deyishdi. Keyin olib chiqdik. Nevropatologga ko‘rsatdik, tushunarli qilib aytganda «bosh miya protsessori kuygan» deyishdi.
Bolam hozir ham gapirmaydi, yurmaydi, davolashlar natijasida biroz emaklay boshladi. Bir yildan beri ovozini eshitgim keladi», deya ko‘rsatma berdi Feruz Nuritdinov.
Jabrlanuvchiga ko‘ra, u bugungacha bolasini davolatish uchun uyini sotib hamda yaqinlaridan qarz ko‘tarib, 35 ming AQSh dollaridan ortiq xarajat qilgan. U sudda farzandini to‘liq davolatish uchun 3 mlrd so‘m kompensatsiya so‘radi.
Dok-1 Maks ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi 17 yanvar kuni o‘tkaziladi.
Oldinroq Dok-1 Maks siropidan kamida 16 nafar bola og‘ir jarohatlangani, qurbonlar soni oshgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Meduza» asoschisi Timchenko Rossiyada sirtdan hibsga olindi
Jahon | 12:21
-
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi
Iqtisodiyot | 12:15
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi (video)
Jamiyat | 11:56
-
London va Parij yadroviy tiyib turuvchi kuchlarni muvofiqlashtiradi
Jahon | 11:53
Mavzuga oid

20:44 / 03.07.2025
Yerosti gaz quvuri sabab xonadon portlab ketdi. Zarar qoplab beriladimi?

14:47 / 01.07.2025
So‘nggi 2,5 yilda tabiatga salkam 1 trln so‘m zarar yetkazildi

18:29 / 19.06.2025
Transport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojiga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi

16:33 / 29.05.2025