Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mubashshir Ahmad Turkiyada qo‘lga olindi
Azon Global axborot tahliliy portali asoschisi, Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov 12 kundan buyon Turkiyada hibsda qolayotgani ma’lum bo‘ldi. Kun.uz manbasiga ko‘ra, turk politsiyasi uni jamoat xavfsizligiga tahdid gumoni bilan olib ketgan. O‘zbek diplomatlari undan xabar olgan, jarayonga advokatlar jalb etilgan.

Foto: Azon Global
“Azon Global” axborot tahliliy portali asoschisi Alisher Tursunov (Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan) 2023 yil 28 dekabr kuni Turkiya ichki ishlar tizimi xodimlari tomonidan gumonlanuvchi sifatida olib ketilgan. Bu haqda Azon Global portalida ma’lum qilindi.
“Dastlab qandaydir anglashilmovchilik bo‘lgani, shu bois ommani behuda tashvishga solish kerak emasligi kabi mulohazalar bilan bu haqda keng ommaga xabar berilmadi. Undan keyin, ustoz Mubashshir Ahmadga qo‘yilayotgan ayblovlar umuman asossiz ekani, bu hol dastlabki surishtiruvdayoq aniqlanishiga va ustozni qo‘yib yuborilishiga qat’iy ishonch bor edi. Ammo, afsuski, vaziyat unday bo‘lib chiqmadi.
Turkiya qonunlari bo‘yicha gumonlanuvchini 3 kundan ortiq tutib turish mumkin emas. Shu muddat ichida qo‘yilayotgan ayb isbotlansa, Adliya idoralariga o‘tkazilishi, isbotlanmasa, chiqarib yuborilishi lozim. Ba’zan chet ellik shaxslarni qaytarib yuborish (deportatsiya) markazlariga o‘tkazishadi va u yerdan o‘z vataniga jo‘natishadi yoki ozod qilishadi.
Dastlabki surishtiruvlarda, tabiiyki, ustoz Mubashshir Ahmadga qo‘yilayotgan ayblov o‘z isbotini topmadi. Qaytarib yuborish (deportatsiya) markazlariga o‘tkazilgan domlani oradan shuncha kun o‘tib ham tutib turishgani tushunarsiz bo‘lib qolmoqda. Albatta, bu hodisa sodir bo‘lgan kunidanoq advokatlar harakatlarini boshlashgan va boshqa barcha kerakli chora tadbirlar ko‘rilmoqda”, – deyiladi xabarda.
Kun.uz'ning O‘zbekiston rasmiy idoralaridagi manbasiga ko‘ra, Mubashshir Ahmad jamoat xavfsizligiga tahdid gumoni bilan olib ketilgan. Turkiyadagi o‘zbek diplomatlari u saqlanayotgan joyga borib, o‘zi bilan suhbatlashgani, uni saqlab turish sharoitini o‘rganishgani aytilmoqda.
O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi 9 yanvar kuni bergan ma’lumotga ko‘ra, Mubashshir Ahmadga nisbatan tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
“Haqiqatdan ham 2023 yilning 28 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, 1974 yilda tug‘ilgan Tursunov Alisher Ahmadovich (taxallusi Mubashshir Ahmad) Turkiya politsiyasi tomonidan o‘zi yashab turgan uyidan olib ketilgan va Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportatsiya markaziga joylashtirilgan”, deyiladi konsulxona axborotida.
Ma’lumot uchun, Mubashshir Ahmad 2023 yil avgustda O‘zbekistonda o‘zi asos solgan Azon.uz sayti o‘z faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng u noyabr oyida o‘zbek, rus, ingliz va turk tillarida faoliyat yurituvchi Azon Global portali faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil dekabr oyida Turkiyada o‘zbekistonlik jurnalist Abdukarim Mirzayev hibsga olinib, uni deportatsiya qilish haqida qaror chiqarilgan, u 33 kun hibsda saqlangach, qo‘yilgan gumonlar tasdig‘ini topmagani sabab ozodlikka chiqarilgan, so‘ng bir necha oy o‘tib gumonlar rasman olib tashlangan edi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
5,2 mingta mahallada o‘tgan 6 oyda birorta jinoyat sodir bo‘lmadi
O‘zbekiston | 14:03
-
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar haqida ma’lum qildi
Jahon | 13:56
-
Tramp va Netanyahuning Oq uydagi muhokamalari, «Tolibon»ga qarshi xalqaro bayonotlar va bosh ko‘tarayotgan Eron-Isroil ziddiyati – kun dayjesti
Jahon | 13:30
-
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida readmissiya to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
Jahon | 13:28
Mavzuga oid

22:21 / 07.07.2025
Turkiyada otishmada o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi

20:38 / 07.07.2025
Turkiyalik 12 askar Iroqdagi g‘orda metandan zaharlanib halok bo‘ldi

21:41 / 05.07.2025
Ozarboyjon Rossiya bilan ziddiyat kuchayishini istamaydi – Erdo‘g‘an

16:16 / 05.07.2025