Jahon | 22:04 / 06.01.2024
12515
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh tez orada Ukrainaga Patriot raketalarini yetkazib bera olmaydi - OAV

Muammo mablag‘ yetishmasligi bilan bog‘liqligi ta’kidlanmoqda.

Foto: Bulent Kilic/AFP/Getty Images

Tez orada Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga Patriot zenit-raketa tizimi uchun mo‘ljallangan raketalarni yetkazib berishda davom eta olmaydi, deb yozdi The New York Times Oq uy va Pentagondagi manbalarga tayanib. Bu mablag‘ yetishmasligi bilan bog‘liq.

Gazeta suhbatdoshlariga ko‘ra, Patriot raketasining narxi 2 million dollardan 4 million dollargacha turadi. Ayni paytda ukrainalik harbiylar faqat Patriot tizimlari ballistik raketa hujumlariga qarshi tura olishini ta’kidlamoqda.

27 dekabr kuni Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 2023 yil hisobiga 250 million dollarlik so‘nggi harbiy yordam paketi ajratilishini e’lon qildi. Oq uy AQSh Kongressi ruxsatisiz Ukrainaga endi harbiy yordam yubora olmasligi haqida ogohlantirdi.

Prezident Jo Bayden Kongressdan Ukraina, Isroil, Tayvan va AQSh janubiy chegarasini mustahkamlash uchun 106 milliard dollarlik yagona yordam paketini so‘ragan edi. Biroq respublikachilar yordam paketining har bir bandini alohida ko‘rib chiqishni talab qilib, uning ajratilishini ma’qullamadi.

Mavzuga oid