Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mazut va ko‘mirda ishlaydigan zavodlarga dam berish dasturini tuzish kerak» – mutaxassis Toshkent havosi haqida
2023 yil dekabrida Toshkent shahri havosi ifloslanishi gaz o‘rniga ko‘mir va mazut yoqish ko‘paygani hisobiga ortib ketgan. Gidrometeorolog Erkin Abdulahadov ko‘mir va mazutda ishlaydigan zavod va fabrikalarga dam berish tizimini yo‘lga qo‘yish kerakligi va bu usul Qirg‘izistonda ish berganini aytdi.

Foto: Videodan kadr
2023 yilda O‘zbekistonda isitish tizimida ko‘mirdan foydalanish keng ko‘lamli tarzda boshlandi. “Lolazor” podkastida gidrometeorolog Erkin Abdulahadov iflos havoni kamaytirish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Mutaxassis zavod va fabrikalar ishini shamol yo‘nalishiga qarab belgilashni taklif qildi.
“Shamol kunduzi tekislikdan tog‘ga qarab, kechqurun tog‘dan tekislikka qarab esadi, demak, ko‘proq zavod shahar periferiyalariga qurilishi kerak. Ya’ni [zavod va fabrikalarga] dam berib [ishlatilsa], bittasiga dam berilsa [boshqasi ishlab turadi], shaharga zaharli havo kirib kelmaydi. Shamol tog‘ga qarab ketadi, zavodlar ishlashini shamol gullariga moslash kerak”, – deydi u.
Abdulahadovga ko‘ra, Bishkek ham shu tajribani qo‘llagan. 5 yil oldin Bishkek IQAir’da 1-o‘ringa chiqib qolgan. Bu zararli tutun ko‘mir yoqish hisobiga bo‘lgan.
“Bishkek shahrining janub, shimol, sharq va g‘arbida ham katta-katta korxonalar bor. Shamoldan ob-havo oqimidan kelib chiqib, dastur yaratishdi. Unga ko‘ra, qaysi zavod ishlashi kerakligi signali beriladi. Zavodlar bir-biriga ta’sir ko‘rsatmaydi. Shunaqa dastur O‘zbekistonda ham ishlab chiqiladigan bo‘lsa, ya’ni zavodlarga ish hajmini taqsimlab, bitta zavod kechqurunga, bittasi kunduziga kuch berib shaxmat usulida ishlasa bo‘ladi”, – deydi gidrometeorolog.
U poytaxt havosining ifloslanishiga sabab bo‘layotgan texnogen omillardan biri sifatida metan-shoxobchalar ish vaqtidagi cheklov sabab AI-80 benzini yoqish ko‘payganini ko‘rsatadi. Shuningdek, mutaxassisga ko‘ra, avtomobil shinalarining asfaltga ishqalanishi natijasida ajraladigan zarralar ham poytaxt havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
Bundan oldin “O‘zgidromet” rahbari Sherzod Habibullayev ham isitish tizimlari uchun mazut va ko‘mir yoqilgani Toshkent havosini keskin ifloslantirgani, zapravkalarga gaz yetkazib berish qisqarib, AI-80 benzin iste’moli ortgani ham poytaxt havosiga sezilarli zarar yetkazganini ma’lum qilgandi.
Avvalroq, turli tashkilot binolarini isitishda ko‘mirga o‘tish e’lon qilingandan keyin, buning ob-havoga zarari haqida maqola e’lon qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

22:40 / 26.07.2025
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti

11:23 / 25.07.2025
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi

21:40 / 24.07.2025
Sea Breeze Uzbekistan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi - ekologiya vaziri

15:33 / 24.07.2025