Jahon | 22:05 / 29.12.2023
6192
1 daqiqa o‘qiladi

Admiral Dong Jun Xitoy mudofaa vaziri bo‘ldi 

U avgust oyida chetlatilgan Li Shanfu o‘rnini egalladi. 

Xitoy admirali Dong Jun mamlakat mudofaa vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Xitoy matbuotiga tayanib Interfax xabar berdi. Tegishli qaror Butunxitoy xalq vakillari kongressi tomonidan qabul qilingan. 

Bungacha Dong Jun XXR dengiz floti qo‘mondoni bo‘lgan. 

Oktyabr oyi oxirida Li Shanfu Xitoy Mudofaa vazirligi rahbari lavozimidan chetlatilgani xabar qilingandi. 

«Bu AQSh sanksiyalari ostida qolgan va avgust oyi oxiridan beri ommaga ko‘rinmagan generalning taqdiri haqidagi bir necha haftalik mish-mishlardan so‘ng ma’lum bo‘ldi. Iste’foga chiqish haqidagi qaror Butunxitoy xalq vakillari kengashi doimiy qo‘mitasi tomonidan ma’qullangan», deb yozdi shu vaqtda South China Morning Post. 

Dong Jun 1963 yilda tug‘ilgan. 2021 yildan beri Xitoy admirali. 2021-2023 yillarda Xitoy Harbiy dengiz floti bosh qo‘mondoni. 

Mavzuga oid