Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaga urush paytida 16 mlrdga g‘arbning nishonga olish moslamalari olib kirilgan
Rossiya Federatsiyasiga «ov miltiqlariga o‘rnatish uchun» olib kelingan g‘arbda ishlab chiqarilgan nishonga olish moslamalari Ukrainada rus harbiylari tomonidan faol foydalanilmoqda, deb yozadi «Vajnyye istorii».

Foto: Vladimir Jabrikov / URA.RU
Ukrainada keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri Rossiyaga snayper miltiqlari uchun g‘arbda ishlab chiqarilgan 16 milliard rubllik nishonga olish moslamalari olib kelingan. Bu haqda 26 dekabr kuni Rossiya bojxona ma’lumotlariga tayanib, «Vajnyye istorii» nashri xabar berdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, nishonga olish moslamalari Rossiya Federatsiyasiga «harbiy maqsadlarda emas, balki ov qurollariga o‘rnatish uchun» olib kelinadi. Nashr ta’kidlaganidek, YouTube’da e’lon qilingan ko‘plab videolar shuni ko‘rsatadiki, bu nishonga olish moslamalarining bir qismi – Amerikaning Leupold va Nightforce, Amerika-Xitoyning Holosun va Avstriyaning Swarowski Optik - Rossiya harbiylari tomonidan Ukrainadagi frontda foydalanilyapti.
Nishonga olish moslamalari parallel import orqali olib kirilyapti
Eng ko‘p nishonga olish moslamalari mamlakatga Rossiyaning internet-do‘konlari - Peterburgdagi «Pointer» va Moskvadagi «Navigator» tomonidan import qilingan. Birinchisi qariyb 50 mingga yaqin Holosun moslamalarini 3 milliard rublga sotib olgan, ikkinchisi 400 million rublga nishonga olish moslamalarini import qilgan, shu jumladan 2 mingdan ortiq Holosun olib kelingan. «Pointer» Xitoyda, «Navigator» esa Turkiya va Qozog‘istonda vositachilardan foydalanadi, deb yozadi «Vajnyye istorii».
So‘nggi ikki yil ichida «Pointer»dan Rossiyaning Orsis miltiqlarini ishlab chiqaruvchi «Promtexnologiya», shuningdek, Bespoke Gun miltiqlarini ishlab chiqaruvchi Moskva shirkati tomonidan o‘n millionlab rubllik nishonga olish moslamalari sotib olindi. Ikkinchisi «Navigator»dan ham mahsulot xarid qilgan. Bundan tashqari, «Vagner» XHKning marhum egasi Yevgeniy Prigojin bilan bog‘liq bo‘lgan Sankt-Peterburgdagi «Texnologiya» kompaniyasi uning mijozi edi. «Navigator»ning yana bir mijozi Lobaev Arms miltiqlarini ishlab chiqaruvchi Integratsiyalashgan tizimlar konstruktorlik byurosi bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senat xorijdan qaytganlarni OIV majburiy tekshiruvidan o‘tkazish haqidagi qonunni ma’qulladi
O‘zbekiston | 21:29
-
Uitkoff uchun uyushtirilgan «sahna» - Tramp vakilining Isroil yordam markazlariga tashrifi G‘azodagi vaziyatni o‘zgartira oladimi?
Jahon | 20:49
-
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi
Jahon | 20:34
-
Trampning ultimatumidan keyin Putin: «Oreshnik»ni seriyali chiqara boshladik»
Jahon | 20:07
Mavzuga oid

20:34
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi

19:02
Rossiyalik ovchi Surxondaryoda noyob morxo‘rni ovlash uchun 100 ming dollar to‘lagani ma’lum bo‘ldi

15:28
AQSh 8 avgustgacha Ukrainada tinchlik o‘rnatishga chaqirdi

14:54