Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda it yetaklab ketayotgan yigit kaltaklanib, umurtqasi sindirildi
Katta yoshli erkak hujumiga uchragan 18 yoshli yigitning yaqinlari Kun.uz'ga bog‘lanib, ichki ishlar organlarida tergov ishlari sust olib borilayotganidan shikoyat qilishdi.

Toshkentda 18 yoshli yigit katta yoshli erkak tomonidan kaltaklangan. Oqibatda yigitning umurtqa pog‘onasi sinib, shifoxonaga yotqizilgan. Mojaroga yigit yetaklab ketayotgan it sabab bo‘lgan.
Yigitning onasi ijtimoiy tarmoqlarda hodisani ko‘rganlardan guvohlikka o‘tishni so‘rab post qoldirgan. Unda shunday deyiladi:
“Aziz yunusobodliklar. Voqea Yunusobod tumani 13-mavzeda, 246-maktabga yaqin joyda 17 dekabr yakshanba kuni soat taxminan 13:00 larda sodir bo‘lgan. 18 yoshli o‘smir o‘z iti bilan sayr qilib yurganda it o‘sha joydan o‘tib ketayotgan qizni hidlagan va tajovuz ko‘rsatmasdan undan uzoqlashgan. Shu payt qizning 40 yoshli otasi yugurib kelib, itni tepishni boshlagan. O‘smir erkakni itarib yuborgan. Shunda erkak uni urgan. Oqibatda o‘smirning umurtqa pog‘onasi singan va hozir u kasalxonada. Biz voqeani ko‘rgan guvohlarni qidiryapmiz. Agar kimdir hodisani ko‘rgan bo‘lsa, iltimos, javob yozing”.
Yigitning yaqinlariga ko‘ra, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘irlikdagi shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.
Yigitning yaqinlari tergov ishlari juda sust olib borilayotganini ta’kidladi.
Kun.uz hodisa tafsilotlari yuzasidan IIVga so‘rov yubordi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

11:32 / 28.02.2025
“Ishni bosdi-bosdi qilishyapti” – tarbiyalanuvchilari kaltaklangan bog‘cha egasi amaldorning qarindoshi ekani aytilmoqda

11:40 / 28.12.2024
Surxondaryoda 15 yoshli qizini doimiy tarzda kaltaklab kelgan ayol aniqlandi

15:09 / 21.05.2024
Yunusobodda niqob taqqan holda daraxt kesgan shaxslar 5 sutkaga qamaldi

12:11 / 06.05.2024