Xorazmda yoyma savdo rastalarida yong‘in chiqdi

Foto: Videodan kadr
Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan savdo rastlaridan birida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 20 dekabr kuni soat 16:45 da Urganch shahar «Navbahor» MFY Jizzax ko‘chasida joylashgan piyodalar yo‘lakchasida qurilgan yengil konstruksiyali yoyma savdo rastalarining taxminan 50 kvdrat metr maydoni yongan. Yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.
Mazkur yong‘in Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi Yong‘in-qutqaruv qismi tomonidan soat 17:05 da to‘liq bartaraf qilingan.
Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

10:53 / 10.06.2025
Toshkentda buzilayotgan eski binoda yong‘in sodir bo‘ldi

08:16 / 07.06.2025