Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Gentra haydovchisi o‘quvchini urib yuborib qochib ketdi
Tan jarohati olgan bola tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan, haydovchi topilgan.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumanidagi mahallaning ichki ko‘chasida qora rangli Gentra tez harakatlanib kelib, o‘quvchilardan birini urib yuborgani va voqea joyidan ketib qolgani tasvirlangan video tarqaldi.
Videoda ko‘chani uch nafar o‘quvchi kesib o‘tayotgani, Gentra kelib qolganda ularning ikki nafari o‘zini olib qochgani va bir nafarini mashina urib uchirib yuborganini ko‘rish mumkin.
Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB axborot xizmati ma’lumot berdi. Unda aytilishicha, hodisa 2023 yil 18 dekabr kuni soat 17:25 larda Samarqand tumani «Ravonak» MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda sodir bo‘lgan.
Yo‘lni kesib o‘tayotgan 2011 yilda tug‘ilgan 7-sinf o‘quvchisini davlat raqami 30 O 641 AB bo‘lgan Gentra urib yuborgan va haydovchi voqea joyidan ketib qolgan.
Oqibatda, maktab o‘quvchisi tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
YPX xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv davomida haydovchi va transport vositasi topilgan. Hozirda holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

11:58 / 24.07.2025
Farg‘onada avtomobil daraxtga urilishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi

13:20 / 23.07.2025
Ohangaronda yuk mashinasi YTH joyida ishlayotgan inspektorlar mashinasini urib yubordi

18:33 / 22.07.2025
Toshkent hokimi ko‘cha va yo‘llarga panjara o‘rnatish uchun qariyb 7 mlrd so‘m ajratdi

12:14 / 22.07.2025