Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada yetishtirilgan 250 tonna uzum havo transporti orqali Nyu-Yorkka yetkaziladi
Farg‘ona dehqonlari tomonidan yetishtirilgan 250 tonna uzum havo transporti orqali Nyu-York shahriga yetkaziladi va NetCost oziq-ovqat savdo tarmoqlari orqali sotiladi.

Foto: Kun.uz
AQShda o‘tkazilgan marketing tahlillariga ko‘ra, O‘zbekistondan tajriba tariqasida yetkazilgan «Husayni» navli uzumining ta’mi va ko‘rinishi amerikalik xaridorlar o‘rtasida katta qiziqishga sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Noyabr oyi boshida Nyu-York shahriga Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidan tajriba tariqasida yetkazilgan bir tonna uzumning barchasi mahalliy aholi tomonidan ikki kunda xarid qilingan. Ushbu omillar sabab yangi uzumning yanada kattaroq partiyasini yetkazish bo‘yicha muzokaralar boshlangan. Muzokaralar natijasida joriy yilning 14 dekabr kuni AQShning E.L.A. Superior Produce Inc. va Farg‘ona viloyatidagi mas’uliyati cheklangan jamiyat o‘rtasida umumiy qiymati 2 million dollarga teng qo‘shimcha eksport shartnomasi imzolandi.
Hujjatga muvofiq, Farg‘ona dehqonlari tomonidan yetishtirilgan 250 tonna uzum havo transporti orqali Nyu-York shahriga yetkaziladi va NetCost oziq-ovqat savdo tarmoqlari orqali sotiladi.
O‘zbek diplomatlari, shuningdek, O‘zbekistondan quritilgan mevalarni AQSh va Kanada davlatlariga eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ford AQShda arzon elektromobillar ishlab chiqarishga 2 mlrd dollar sarmoya kiritadi
Jahon | 22:35
-
Qirg‘izistonda davlat tilidan foydalanishga qo‘yiladigan talablar kuchaytirildi
Jahon | 22:16
-
O‘zbekistonga sayyohlar kelishi bo‘yicha Rossiya yetakchi bo‘ldi
O‘zbekiston | 21:43
-
Hindiston Su-57 va F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda
Jahon | 21:42
Mavzuga oid

09:36 / 04.07.2025
Nyu-Yorkda musulmon nomzod demokratlar praymerizida g‘alaba qozondi

08:55 / 11.04.2025
Nyu-Yorkda vertolyot daryoga quladi, olti kishi halok bo‘ldi

17:36 / 16.12.2024
Qishga saqlangan uzumlar

17:33 / 02.12.2024