“Samarqandshahargaz” gaz ta’minot bo‘limi mansabdor shaxslariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Ular mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib sharoit yaratib berganliklari oqibatida to‘yxonalardan biri qariyb 800 mln so‘mlik gazni noqonuniy yoqib yuborgan.
Prokuratura xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand shahridagi to‘yxonalardan biri ko‘p miqdordagi gazni noqonuniy tarzda o‘g‘irlab ishlatgani aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, “Samarqandshahargaz” gaz ta’minot bo‘limi mansabdor shaxslari o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilib sharoit yaratib berganliklari oqibatida, Samarqand shahridagi “S.N.” MChJ rahbari A.M. va “X.S.” MChJ jamiyatga qarashli to‘yxonadagi gaz jihozlarini tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 512,4 ming metr kub, 768,6 mln so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan “S.N.” MChJ rahbari A.M. va “X.S.” MChJ rahbarlariga Jinoyat kodeksining 169-moddasi, “Samarqandshahargaz” gaz ta’minot bo‘limi mansabdor shaxslariga 205-moddasi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, Toshkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan yashirin sexlar aniqlangandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10
-
Messi avval golga sababchi bo‘ldi, keyin esa ikkita chiroyli gol bilan kambek qildi
Sport | 11:31
-
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi
Sport | 11:26
-
“Sun’iy intellekt bizni ishsiz qoldirmaydi, lekin...” - AQShdagi o‘zbek tadqiqotchisi bilan suhbat
O‘zbekiston | 11:10
Mavzuga oid

19:49 / 03.07.2025
Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

13:49 / 18.06.2025
Denov tuman sudi sobiq raisiga oid jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda

20:07 / 22.04.2025
2025 yil birinchi choragida 4,7 ming kishi ozodlikdan mahrum qilindi

09:30 / 22.04.2025