Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent yerusti metrosining 2 ta yangi bekati sinov tariqasida ochildi
Quruvchilar dahasidan Sergeligacha bo‘lgan «Turon» va «Qipchoq» metro bekatlarining qurilishi yakunlanib, sinov tariqasida poyezdlarning yo‘lovchilarsiz harakati boshlandi. Yangi bekatlardan aholining qachon foydalanishi mumkinligi sinovlardan keyin ma’lum bo‘ladi.

Toshkent metrosi Yerusti halqa yo‘lining ikkinchi bosqichi doirasidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesiga qadar qurilayotgan 2 ta yangi — «Turon» va «Qipchoq» bekatlarining qurilish ishlari yakuniga yetkazildi. Bu haqda Kun.uz’ga «Toshkent metropoliteni» DUK matbuot kotibi To‘ychi Mirzayev ma’lum qildi.
15 dekabrdan boshlab «Turon» (13-bekat) va «Qipchoq» (14-bekat) bekatlarida sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi.
Qayd etilishicha, sinovning yakuniy muddati va yangi bekatlarning yo‘lovchilar uchun qachondan xizmat ko‘rsatishi haqidagi ma’lumotlar tajriba natijalari asosida qo‘shimcha ravishda taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, yangi bekatlarning ishga tushirilishi sabab avvalroq Yerusti halqa yo‘lining bir qancha boshqa bekatlarda ish rejimi o‘zgarishi haqida xabar berilgandi.
Dastlab «Texnopark» va «Yashnobod», keyinroq esa «Tuzel» (3-bekat) bekatlarida ish rejimi qisqartirilib, poyezdlar harakati soat 06:00 dan 22:00 ga qadar amalga oshirilish boshlangandi.
Ma’lumot uchun, Qo‘yliqdan Sergeligacha bo‘lgan Yerusti halqa yo‘li jami 7 ta metro bekatini o‘z ichiga olgan. Uning qurilishi 2020 yilning dekabr oyidan boshlangan.
Shu yil aprel oyida bekatlarning 5 tasi aholiga foydalanishga topshirilgandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
O‘rmon yong‘inlari havo isiyotgani bilan bog‘liqmi? Ularning oldini olish choralari mavjudmi?
O‘zbekiston | 16:43
-
Yozning jazirama kunlarida ayollar terisini qanday parvarish qilish kerak?
Ayollar dunyosi | 16:35
-
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:11
Mavzuga oid

15:59 / 18.06.2025
Ko‘plab avtobus bekatlari talabga javob bermaydi – Raqobat qo‘mitasi

11:57 / 11.01.2025
Avtobus bekatlarida naqd pulga elektron chipta sotish infokiosklari o‘rnatiladi

08:10 / 22.10.2024
Chilonzor metro bekati yaqinidagi avtobekat modernizatsiya qilinadi

18:45 / 11.10.2024