Afg‘onistonning Qo‘shtepa kanali qirg‘og‘i Amudaryo suv oqimi bilan yuvib ketilmagan – «O‘zbekkosmos»
Agentlik fikriga ko‘ra, bu holat sizot suvlarining ko‘tarilishi oqibatida yuz bergan.

Foto: Sentinel-2
Afg‘onistonda qazilayotgan Qo‘shtepa kanali qirg‘og‘idan suv sizib chiqishi hodisasi Amudaryo suv oqimi bilan bog‘liq emas. Bunga sizot suvlarining ko‘tarilishi sabab bo‘lgan. Bu haqda «O‘zbekkosmos» agentligi xabar berdi.
Avvalroq, «Chegara bilmas daryolar» xalqaro ekologik koalitsiyasi ekspertlari Afg‘onistonda qazilayotgan Qo‘shtepa kanali Amudaryo suvi bilan to‘la boshlaganidan keyin oqimning bosimiga bardosh bera olmagani va katta hajmdagi suv yaqin atrofdagi hududga tarqalgani haqida xabar bergan edi.
Shundan so‘ng, «O‘zbekkosmos» agentligi tomonidan Qo‘shtepa kanalidan suv sizib chiqishiga oid xabarlar turli fazoviy o‘lcham aniqlikdagi multispektral kosmik suratlarning retrospektiv tahlili asosida o‘rganib chiqilgan.
Qayd qilinishicha, kanalni qazish ishlari olib borilayotgan hududlarda 2022 yil may oyidan boshlab yer osti sizot suvlarining ko‘tarilishi aniqlangan. Qurilish davomida kanalning to‘rtta qismida sun’iy to‘siqlar qoldirilgan bo‘lib, ular birinchi bosqich ishlari yakunida 2023 yil 10 oktyabrda to‘liq olib tashlangan va suv oqimi hosil bo‘lgan.

«O‘zbekkosmos» agentligiga ko‘ra, 2023 yil 4 noyabr kuni Qo‘shtepa kanalining 75,6 km qismida o‘ng qirg‘oqning 30 metrga yaqin qismidan suv sizib chiqishi aniqlangan. 5 noyabr kuni suv tarqalgan hududning maydoni 19,5 kv.km, 25 noyabrda 23,8 kv.km, 13 dekabrda 30,3 kv.km.ni tashkil etib, suvni to‘xtatish choralari ko‘rilmagan.

Qurilish dinamikasining kosmik monitoringi kanalning Amudaryodan suv olish qismida qazish ishlari yakunlanmagani, daryoga ulanish joyida 20 metrga yaqin qazilmagan hududning mavjudligini ko‘rsatgan.

Shu bilan birga, sizot suvlarini tashqariga yo‘naltirish uchun kanal qirg‘og‘ida maqsadli ravishda qazish ishlari olib borilgani (maxsus texnikaning ishlatilishi, qazib olingan tuproq hajmining paydo bo‘lishi va hokazolar) bo‘yicha vizual belgilar aniqlanmagan.
«O‘zbekkosmos» agentligining qayd qilishicha, hozir suv sizib chiqish joyi atrofida sizot suvlari kamayib, kanal tubi asta-sekin qurib bormoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
Jahon | 22:58
-
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi
Jahon | 22:08
-
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi
Jahon | 21:48
-
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev Xalqaro sudda javob berishga tayyorligini bildirdi
Jahon | 21:12
Mavzuga oid

16:48 / 05.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 183 tonna insonparvarlik yordami yubordi

13:21 / 04.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

12:12 / 03.06.2025
«Vaqti-soati kelganda tan olamiz» – Komilov O‘zbekiston «Tolibon»ni xalqaro hamjamiyat bilan birga tan olishini aytdi

12:55 / 24.05.2025