Sirdaryolik o‘qituvchi maktabida o‘z hisobidan gazeta nashr qildi
U devoriy gazeta sifatida emas, haqiqiy gazeta ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lib, maktab hayotiga oid ma’lumotlar, o‘quvchilar ijodi va tafakkurini boyituvchi maqolalar, aqlni charxlovchi krossvord va she’rlarni o‘z ichiga olgan.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanidagi 15-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Yorqinjon Hayitboyev o‘z hisobidan «Bilimdon» gazetasini ta’sis etdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 5 dekabr kuni gazetaning ilk soni nashrdan chiqqan. U devoriy gazeta sifatida emas, haqiqiy gazeta ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lib, maktab hayotiga oid ma’lumotlar, o‘quvchilar ijodi va tafakkurini boyituvchi maqolalar, aqlni charxlovchi krossvord va she’rlarni o‘z ichiga olgan.
Yorqinjon Hayitboyev so‘zlariga ko‘ra, gazeta oyda bir marta, 30 ta adadda chiqariladi va bunga ko‘p mablag‘ talab etilmaydi.
«Maktabda yosh pedagog sifatida ish boshlaganim uchun yangilik olib kirishga harakat qildim. Jadidlar o‘z faoliyati davomida gazeta va jurnallarga alohida e’tibor berishgan. Biz faqat jadidlarni ulug‘lash, ular bilan faxrlanish bilan chegaralanmay, ularga izdosh bo‘lishimiz kerak. Buning uchun esa amaliy ishlar zarur. Gazetani qaysi pulga chiqaryapsan, degan savol bo‘ladi, albatta. Biz gazetani bir oyda bir marta 30 nusxada chop etishni reja qildik. 30 nusxa chiqarish uchun 60 dona oq qog‘oz kerak ekan. Buni o‘z hisobimdan qilyapman va bundan xursandman. Avvalo u qadar ko‘p pul ketmaydi. Quvonarlisi, o‘quvchilarimizning gazeta mutolaa qilishga bo‘lgan muhabbati oshdi. Ota-onalar ham xursand. Eng asosiysi, maktabda ma’rifat, adabiyot, ma’naviyat ko‘zgusi — yangi gazeta paydo bo‘ldi», dedi Hayitboyev.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron prezidenti mamlakatning yadroviy dasturdan voz kechmasligini aytdi
Jahon | 02:11
-
Pavel Durov o‘z boyligini 100 dan ortiq farzandlari orasida taqsimlaydi
Jahon | 00:50
-
Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi hibsga olindi
Jahon | 00:11
-
Pokiston Trampni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi
Jahon | 00:06
Mavzuga oid

09:59 / 21.06.2025
"Amudaryo" va "Sirdaryo" havzalari birlashmalari xodimlariga ustama belgilandi

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

00:08 / 04.06.2025