Nursulton Nazarboyev dunyo yadroviy falokatga har qachongidan ham yaqinroq ekanini aytdi
«Bunday regressiya meni xavotirga solmoqda», dedi Qozog‘istonning sobiq rahbari.

Foto: Astana Club
Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev «Ostona klubi»ning yettinchi yig‘ilishida dunyo yadroviy falokatga har qachongidan ham yaqinroq ekanini aytdi.
«Bunday regressiya meni xavotirga solmoqda, chunki mamlakatimiz yadroviy qurolsizlanish ishiga katta hissa qo‘shgan. Global miqyosda siyosiy irodasiz bu sohada sezilarli yutuqlarga erishish deyarli mumkin emas. Aynan shuning uchun ham 2019 yil noyabr oyida «Ostona klubi»ning beshinchi yig‘ilishida men yadroviy xavfsizlik va yadroviy quroldan xoli dunyo uchun Global Liderlar Alyansi tuzishni taklif qilgan edim», dedi Nazarboyev.
Uning fikricha, global mojarodan qochishning yagona yo‘li – muloqot o‘rnatish. So‘nggi tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, murosa izlash o‘ta og‘ir vaziyatlarda ham yechim topish imkonini beradi, deb hisoblaydi Nazarboyev.
Misol tariqasida u Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi «samolyot inqirozi»ni (Rossiyaning Su-24 samolyoti 2015 yil noyabrida turk raketasi bilan urib tushirildi, prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hodisa uchun uzr so‘radi, shundan so‘ng Moskva va Anqara ikki tomonlama munosabatlarni hal qilishga kelishib oldi), shuningdek, Suriya bo‘yicha muzokaralar jarayonini («Ostona platformasi», 2023 yilda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi barcha maqsadlarga erishilganini e’lon qildi) keltirdi.
Shuningdek, u 2019 yilning mart oyida Qozog‘iston rahbari lavozimidan o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqqanini va hozir hech qanday lavozimda ishlamasligini eslatdi.
«Ammo men butun umrini vataniga xizmat qilishga bag‘ishlagan, voqealar markazida bo‘lgan inson sifatida farzandlarimiz, nabiralarimiz yashayotgan dunyoning ahvoli va kelajagi haqida doimo fikr yuritaman. Umuman olganda, ishonchim komilki, agar biz global mojarodan qochishni istasak, jahon siyosatida muloqot o‘rnatishning muqobili yo‘q», dedi sobiq prezident.
«Ostona klubi» keng xalqaro miqyosda munozara maydonchasi bo‘lib, unda siyosiy yetakchilar va ekspertlar Yevroosiyo mintaqasini rivojlantirishning asosiy masalalarini muhokama qiladilar. Uning birinchi yig‘ilishi 2015 yilda bo‘lib o‘tgan.
SSSR parchalanganidan so‘ng, Qozog‘iston yadro qurollari soni bo‘yicha dunyoda 4-o‘ringa chiqib oldi. Biroq AQSh prezidenti Bill Klinton va Nursulton Nazarboyev o‘rtasida imzolangan kelishuv natijasida ixtiyoriy ravishda yadro qurolidan voz kechdi. 1994 yilda Qozog‘iston o‘z yadro qurollarini 1992 yilda imzolangan Lissabon protokoliga muvofiq Rossiyaga topshirdi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35
Mavzuga oid

23:07
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi

16:00 / 04.07.2025
G‘arbiy Qozog‘istonda sayg‘oqlarni ovlash boshlandi

20:13 / 01.07.2025
Qozog‘istonning Rossiya bilan chegarasida yuk mashinalari to‘planib qoldi

20:14 / 30.06.2025