Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi choyxonada qimor o‘yinlarini tashkil etgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
Ushbu shaxs joriy yil 20 may kuni huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Sergeli tumanida joylashgan choyxonada jinoyat ustida qo‘lga olingandi.

Foto: Videodan kadr
Sergeli tuman sudi tomonidan choyxonada qimor o‘yinlarini tashkil qilib kelgan shaxsga hukm o‘qilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil 20 may huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sergeli tumanida joylashgan choyxonada bir guruh shaxslar qimor o‘ynayotgani ma’lum bo‘lgan.
Choyxonani ko‘zdan kechirish jarayonida qimor o‘yinlarida foydalaniladigan oshiq suyaklar, o‘yin kartalari, plastik idishlar, sochilgan holda yotgan 1800 dollar va 755 ming so‘m ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Tadbir davomida qimor o‘yini tashkilotchisi, Chilonzor tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan shaxs qo‘lga olinib, u doimiy tarzda bu kabi o‘yinlarni tashkil qilib kelgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan bu fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.
2023 yilning oktyabr oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi tomonidan mazkur fuqaro Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilgan. Unga 4 yil-u 11 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olib kirilayotgan biologik faol qo‘shimchalarda giyohvandlik vositalari mavjudligi aniqlanadi
O‘zbekiston | 09:20
-
Germaniya Rossiya tufayli piyodalarga qarshi minalarga qaytishni muhokama qilmoqda
Jahon | 08:46
-
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi
O‘zbekiston | 08:32
-
Elektr energiyasining texnologik sarf me’yorlari belgilanadi
O‘zbekiston | 08:03
Mavzuga oid

14:32 / 31.07.2025
Sergelidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

09:35 / 19.07.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oyga yopiladi

15:14 / 08.07.2025
AQShga ishga yuborish evaziga 22 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

12:38 / 23.06.2025