Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yildan boshlab mansabdor shaxslarni lavozimga tayinlashda yangicha amaliyot joriy etiladi
2025 yil 1 yanvardan boshlab mansabdor shaxslarni lavozimga tayinlash (saylash), xizmat bo‘yicha lavozimini ko‘tarish yoki tushirishda, maxsus unvonlar berishda Inson huquq va erkinliklari indeksi natijalarini inobatga olish amaliyoti joriy etiladi.
“Davlat organlari faoliyatida inson huquq va erkinliklari ta’minlanishiga rioya etilayotganini aniqlash tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Davlat organlari faoliyatida inson huquq va erkinliklarini ta’minlanishiga rioya etilayotganini reyting asosida baholovchi Inson huquq va erkinliklari indeksi joriy etiladi.
2025 yil 1 yanvardan boshlab mansabdor shaxslarni lavozimga tayinlash (saylash), xizmat bo‘yicha lavozimini ko‘tarish yoki tushirishda, maxsus unvonlar berishda Inson huquq va erkinliklari indeksi natijalarini inobatga olish amaliyoti joriy etiladi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra:
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi Inson huquq va erkinliklari indeksini aniqlashda ishtirok etuvchi mas’ul idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi davlat organlari bilan birgalikda Inson huquq va erkinliklari indeksida past natijalarga ega bo‘lgan sub’yektlarni aniqlaydi, tegishli indikatorlar bo‘yicha ko‘rsatkichlarni tahlil qiladi va ularning sabablarini o‘rganadi;
davlat organlari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshirish choralarini ko‘radi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi “Ijtimoiy fikr” markazi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda:
a) Inson huquq va erkinliklari indeksini aniqlash bo‘yicha aholi va soha mutaxassislari o‘rtasida tizim orqali o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish dasturi va baholash mezonlarini hisoblash metodologiyasini tasdiqlaydi;
b) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024 yil 1 iyulga qadar Tizimning ishlab chiqilishini va ishga tushirilishini ta’minlaydi;
g) O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi va Oliy Majlis palatalariga Inson huquq va erkinliklari indeksini aniqlash jarayonidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritib boradi.
Davlat organlari nomzodlarni lavozimga tayinlash, xizmat bo‘yicha lavozimini ko‘tarish yoki tushirishda, maxsus unvonlar berishda Inson huquq va erkinliklari indeksi natijalarini inobatga olish nazarda tutuvchi o‘z ichki tartiblarini ishlab chiqib, joriy qiladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaning Kiyevga zarbasi: sakkiz kishi, jumladan bir bola yaralandi
Jahon | 11:08
-
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi
O‘zbekiston | 11:04
-
Qibrayda fuqaroning 37 bosh qora molini qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlandi
Jamiyat | 10:57
-
Rossiyada taniqli siyosatshunos Yekaterina Shulman sirtdan hibsga olindi
Jahon | 10:28
Mavzuga oid

07:37 / 08.11.2024
202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz ravishda tugatgan MIB mansabdorlari aniqlandi

07:56 / 18.07.2024
O‘zbekistonda mansabdorlar ko‘proq qanday jinoyat sodir etayotgani aytildi

10:29 / 21.06.2024
Abdulla Aripov yangi lavozimlarga tayinlangan nomzodlarni hukumat a’zolariga tanishtirdi

08:32 / 29.03.2024