Farg‘onada ehson qutisini o‘g‘irlab ketganlar qo‘lga olindi
Ehson qutisi ichida 80 ming so‘m bo‘lgan. Bu guruh oldinroq boshqa hududlardagi masjidlardan ham ehson qutilarini o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda 20 noyabr kuni tungi soat 02:12 larda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi «Sarmazor» jome masjidiga Damas’da noma’lum shaxslar kelib, ehson qutisini olib ketganligi aks etgan video tarqalgan edi.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati ushbu shaxslar qo‘lga olingani, ular oldinroq boshqa masjidlardan ham ehson qutilarini o‘g‘irlash bilan shug‘ullangani haqida xabar bergan.
«O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida E.N., B.B. hamda S.A. birga Oltiariq tumanidagi jome masjidlaridan ham ehson qutilarini o‘g‘irlaganliklari aniqlangan», — deyiladi viloyat IIB axborotida.
IIBdagilar «Daryo» nashriga bergan xabarga ko‘ra, Qo‘shtepada olib ketilgan ehson qutisi ichida 80 ming so‘m bo‘lgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda ulardan qo‘lqop va niqoblar daliliy ashyo tariqasida olinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

08:40 / 07.06.2025
Alyumin sexida 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi

19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m

17:15 / 06.05.2025