O‘zbekistonda “Yashil to‘lov” platformasi joriy qilinadi
2024–2026 yillarda Toshkent shahri atrofida jami 441 gektar maydonda “yashil belbog‘”lar barpo etiladi.
“Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish uchun “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Bunda, aholi tashabbusi bilan “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish bo‘yicha maydon manzili va rasmlari ko‘rsatilgan holda qiymati 250 mln so‘mdan oshmagan tashabbus bildiriladi.
“Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida o‘tkaziladi.
Farmonga muvofiq, avtomobil, temiryo‘l, daryo va kanallar yoqalari, davlat organlari va tashkilotlari yer uchastkalarining foydalanilmayotgan qismida (o‘rmon fondi yerlari bundan mustasno) “yashil bog‘lar” ushbu yerlarning egalari, foydalanuvchilari hamda tashabbuskor jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida 10 yilgacha tegishli shartlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuziladigan ikki tomonlama shartnoma asosida barpo etiladi.
Yer uchastkalari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga “yashil bog‘” barpo etish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida beriladi.
Har yili “Eng yashil mahalla” tanlovi o‘tkazilib, natijalar bo‘yicha g‘olib bo‘lgan 14 ta mahallaga Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
- mahallaning tegishli jamg‘armasiga daraxtlar ekish va sug‘orish, “yashil jamoat parki”ni yaratishga jami 500 million so‘mdan o‘tkazib beriladi;
- o‘zini o‘zi boshqarish organlariga xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil xarid qilish va topshirish choralari ko‘riladi.
2024 yilda o‘rmon fondining 1,5 ming gektar yer maydonlarida kasanachilik asosida ko‘chat yetishtirish ishlarini yo‘lga qo‘yish orqali kamida 10 ming nafar aholi bandligi ta’minlanadi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmanomalari asosida daraxt va buta ko‘chatlarini ekishni tashkillashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida elektron to‘lov tizimlaridan foydalanuvchilar va boshqa iste’molchilar tomonidan ixtiyoriy xayriya o‘tkazmalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi “Yashil to‘lov” platformasi joriy qilinadi.
2024–2026 yillarda Toshkent shahri atrofida jami 441 gektar maydonda “yashil belbog‘”lar barpo etiladi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilda G‘azoda doimiy otashkesim o‘rnatish talabi bilan ko‘p ming kishilik aksiya o‘tkazildi
Jahon | 10:58
-
IIBB arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmaslikka chaqirdi
Jamiyat | 10:41
-
Rossiya O‘zbekistonda bolalar ovqatlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
Iqtisodiyot | 10:40
-
Tramp Maskning yangi partiya yaratish g‘oyasini «kulgili» deb atadi
Jahon | 10:26
Mavzuga oid

13:32 / 16.05.2025
So‘rovnoma: Toshkentga qanday bog‘lar kerak?

09:50 / 03.05.2025
O‘zbekistonda milliy turizm yagona platformasi ishlab chiqilmoqda

09:49 / 13.12.2024
Milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda

12:50 / 10.10.2024