O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari asosan Rossiyaga sotilyapti
10 oyda qariyb 1,5 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan.

Foto: AP
2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 951,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 1,5 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatgich 2022 yilning mos davriga nisbatan 2,4 foizga yoki 35 ming tonnaga ko‘paygan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (39,9 foiz), Pokiston (16,3 foiz), Qozog‘iston (11,3 foiz) hamda Xitoy (9,7 foiz) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid

20:25
Rossiyada qariyb 54 ming qamoqxona noziri yetishmayotgani ma’lum bo‘ldi

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

17:24
Rossiyada og‘ir kasallikka chalingan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

19:53 / 11.03.2025