Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qandolatchilarga eksport bilan bog‘liq operatsiyalari uchun 3 mln dollargacha mablag‘ ajratiladi
O‘zbekistonda qandolat mahsulotlari ishlab chiqarib, eksport qiluvchilar 3 mln dollargacha miqdorda moliyaviy resurslar olishi mumkin bo‘ldi. Shuningdek, tekstil sanoati ham yangi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash paketiga ega bo‘ldi.

Foto: iStock
“Ayrim sanoat tarmoqlarida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, qandolatchilik korxonalariga eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 2 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda moliyaviy resurslar ajratiladi:
- eksport hajmi 500 ming AQSh dollarigacha bo‘lganda – 1 million AQSh dollarigacha;
- eksport hajmi 500 ming AQSh dollaridan 4 million AQSh dollarigacha bo‘lganda – 2 million AQSh dollarigacha;
- eksport hajmi 4 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lganda – 3 million AQSh dollarigacha.
2025 yil 1 yanvargacha keng turdagi qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan qadoqlash va etiketkalash mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi.
Farmon bilan tekstil sanoatini qo‘llashning qo‘shimcha choralari ham belgilanmoqda.
Unga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvargacha ip-kalava ishlab chiqaruvchilarga paxta va sun’iy tolani o‘z ehtiyoji uchun import qilishda (qo‘shni davlatlardan tashqari) transport xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
2024 yil 31 dekabrgacha ip-kalavani eksport qilishda undiriladigan yig‘imning amaldagi miqdori 5 baravarga kamaytiriladi.
2024 yil 31 dekabrgacha bo‘yalgan mato va bo‘yalgan gazlamani realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarni ichki bozorda sotish ulushi kamida 50 foizni tashkil qilgan korxonalarga ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lash hamda uch yil muddatgacha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘lovini kechiktirish huquqi beriladi.
2026 yil 1 oktyabrgacha to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari faoliyati uchun zarur bo‘lgan ayrim tovarlarni import qilishda bojxona bojidan ozod qilinadi.
Sanoat zonalarida yer maydonlari hamda bino va inshootlarni ijaraga berishda to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash davri amaldagi 12 oydan 24 oygacha uzaytiriladi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

10:48 / 21.07.2025
O‘zbekistondan Britaniyaga qovun eksporti yo‘lga qo‘yildi

13:57 / 11.07.2025
O‘zbekiston ilk bor sofligi 99,9 foiz bo‘lgan reniy metallini eksport qildi

11:33 / 10.07.2025
6 oyda eksport qilingan mevalarning qiymati ma’lum qilindi

12:45 / 08.07.2025