Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya TV: Putin G20 virtual sammitida ishtirok etadi
Rossiya prezidenti kelasi hafta G20 virtual sammitida ishtirok etadi, deb xabar berdi Rossiya telekanali. Putin Minskka ham tashrif buyuradi, u yerda KXShT doirasida tadbir o‘tkaziladi.

Foto: Andrey Smirnov/AFP/Getty Images
Kelasi hafta, 22 noyabr kuni G20 virtual sammiti bo‘lib o‘tadi, unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham ishtirok etadi. Bu haqda 19 noyabr, yakshanba kuni «Rossiya 1» davlat telekanali xabar berib, «Rossiya prezidenti va g‘arb davlatlari yetakchilari uzoq vaqtdan beri birinchi marta bitta tadbir ishtirokchisi bo‘lishlari mumkinligini» ta’kidladi.
G20’dagi virtual ishtirokidan tashqari, kelasi hafta Putin Minskka ham tashrif buyuradi, u yerda KXShT tadbiri bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi u Sankt-Peterburgdagi madaniy forumning yalpi majlisida.
Hindiston ko‘plab yetakchilarning ishtirok etishini kutmoqda
G20 sammiti 2023 yil 9-10 sentabr kunlari G20’ga 2022 yil dekabridan beri raislik qilib kelayotgan Hindistonda bo‘lib o‘tgan. Braziliya 2024 yil noyabr oyida G20 sammitiga mezbonlik qiladi.
Nyu-Dehlidagi sammitdan so‘ng Hindiston bosh vaziri Narendra Modi noyabr oyida G20 yetakchilari uchrashuvini virtual formatda o‘tkazishni taklif qildi. Avvalroq Hindiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Arindam Bagchi G20 onlayn sammitiga taklifnoma yuborgani va unda iloji boricha ko‘proq yetakchilar ishtirok etishini kutayotgani haqida xabar bergan edi.
Putin «do‘stlar uchun muammo yaratmaslikni» xohlayapti
Putin 5 oktyabr kuni Valday forumida BRICS va G20 sammitlariga «ularni tashkil etayotgan do‘stlar uchun muammo tug‘dirmaslik» uchun tashrif buyurishdan tiyilgani haqida aytgan edi.
2023 yil 17 mart kuni Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) Rossiya prezidenti Putinni hibsga olishga order berdi. U bolalarni Ukrainaning egallab olingan hududlaridan noqonuniy ravishda deportatsiya qilishda ayblangan. Putin Sudan prezidenti Umar al-Bashir va Liviya hukmdori Muammar Qaddofiydan keyin XJS ayblov e’lon qilgan uchinchi davlat rahbari bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
-
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:13
-
Tramp Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, sanksiyalardan voz kechmaydi – Grem
Jahon | 11:51
-
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:42
Mavzuga oid

11:22
Alyaskada Tramp va Putin uchrashuvi uchun katta uy tayyorlanmoqda

22:08 / 10.08.2025
Putin Japarov va Rahmon bilan telefon orqali suhbatlashdi

20:41 / 10.08.2025
Putin Xerson va Zaporijjyadan voz kechishga tayyor emas

19:43 / 10.08.2025