Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universitetiga rektor bo‘ldi
U mazkur universitetga 2017-2021 yillarda ham rahbarlik qilgan, keyin esa vazir lavozimiga ko‘tarilgandi.

Foto: Termiz davlat universiteti
Termiz davlat universitetiga Abduqodir Toshqulov rektor etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi. OTMga 2021 yildan beri Avazjon Marahimov rektorlik qilib kelayotgandi.
Avvalroq Toshqulovning prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan (amalda tugatildi) ketganligi xabar qilingandi.
Abduqodir Toshqulov 2010 yildan Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan, 2017 yil sentabrida Termiz davlat universitetiga rektorlikka o‘tgan, 2018 yilda senatorga aylangan.
2021 yil yanvaridan esa oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga rahbarlik qila boshlagandi. 2022 yil dekabridagi ma’muriy islohotlar doirasida prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Starovoytni transport vazirligidan bo‘shatdi. Ko‘p o‘tmay uning jasadi topildi
Jahon | 18:31
-
Prezidentga Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot berildi
Sport | 17:51
-
Avstraliyalik ayol qarindoshlarini zaharli qo‘ziqorin bilan o‘ldirdi
Jahon | 17:42
-
Gretsiya 14 yil ichida ilk bor suriyaliklarga boshpana berishni rad etdi
Jahon | 17:34
Mavzuga oid

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

22:57 / 05.05.2025
Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga yangi rektor tayinlandi

12:48 / 04.10.2024
Antikorrupsiya agentligi tadbirkor rektor ustidan vazirlikka taqdimnoma kiritdi

21:01 / 08.05.2024