Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dog‘iston hukumati 24 soatlik ish rejimiga o‘tdi
Dog‘iston hukumati falastinliklarga hamdard, ammo respublikadagi vaziyat izdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi, dedi Dog‘iston Respublikasi hukumati rahbari Abdumuslim Abdumuslimov.

Foto: AP/picture alliance
«Dog‘iston hukumati uchun kecha-yu kunduzlik ish tartibi e’lon qilindi», — dedi respublika hukumati rahbari Abdumuslim Abdumuslimov 29 oktyabr, yakshanba kuni kechqurun Mahachqal’a aeroportidagi tartibsizliklar tufayli tashkil etilgan tezkor shtab ishini ochar ekan.
«Biz Falastin aholisiga har tomonlama hamdardmiz va fuqarolarimizning his-tuyg‘ularini tushunamiz. Lekin vahima tarqatib bo‘lmaydi. Dog‘istonliklar azaldan muvozanatli va adolatli odamlardir. Biz respublikadagi vaziyatning izdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaymiz», deb ta’kidladi u so‘nggi voqealarni sharhlar ekan.
Keyinroq Dog‘iston hukumati matbuot xizmati respublika shahar va tumanlarida xavfsizlik choralari kuchaytirilganini ma’lum qildi. Ular «tekshiruv va tiklash tadbirlari o‘tkazilgandan so‘ng yaqin kunlarda» Mahachqal’a aeroporti faoliyatini tiklashga va’da berdi. «Hozirda vaziyat Dog‘iston Respublikasi rahbari Sergey Melikov va barcha darajadagi hokimiyatlar nazoratida», — deyiladi xabarda.
Namoyishchilar Mahachqal’a aeroportiga bostirib kirdi
29 oktyabr oqshomida Tel-Avivdan Mahachqal’aga Red Wings aviakompaniyasining muntazam reysi yetib kelishidan biroz oldin aeroportga bir necha yuz kishi yig‘ildi. Axborot agentligi suratlarida ularning ba’zilari Falastin bayroqlarini hilpiratganini ko‘rish mumkin. OAV va Telegram-kanallari xabarlariga ko‘ra, olomon uchish-qo‘nish yo‘lagiga bostirib kirgan. Yig‘ilganlar aeroportdan chiqayotgan mashinalarni to‘xtatgan, u yerdagilarning pasportlari ruxsatsiz tekshirilgan.
Politsiya darhol tartibni tiklay olmadi. Dog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar natijasida 20 kishi, jumladan, politsiya xodimlari ham jabrlangan.
Mahachqal’a aeroporti faoliyati 6 noyabrga qadar to‘xtatildi. 30 oktyabrga o‘tar kechasi Rossiya gvardiyasining maxsus bo‘linmalari Mahachqal’aga yetib keldi. Tergov qo‘mitasining Dog‘iston bo‘yicha departamenti ommaviy tartibsizliklar fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Ayni paytda Isroil rasmiylari Moskvani Rossiya hududidagi yahudiy isroilliklarning xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi.
Mahachqal’a aeroportidagi tartibsizliklarni tanqid qilish
Namoyishchilarning xatti-harakatlari Dog‘iston rahbari Sergey Melikov, Dog‘iston muftiysi, Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi, Rossiya yahudiylari kongressi va boshqa tashkilotlar tomonidan tanqid qilindi.
Rossiya Federatsiyasining inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkovaning aytishicha, Mahachqal’a aeroportidagi tartibsizliklar «aniq millatlararo adovatni qo‘zg‘atishga qaratilgan va inson huquqlarining qo‘pol buzilishiga olib kelishi mumkin».
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning 12 shahrida jazirama harorat tufayli 2,3 ming kishi vafot etdi
Jahon | 13:20
-
Niderlandiya sudi Rossiyaga chiplar haqida ma’lumot topshirilishi ishi bo‘yicha hukm chiqardi
Jahon | 13:09
-
Buxoroda kelinini pichoqlab o‘ldirgan qaynota 7 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:41
-
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi
O‘zbekiston | 12:33
Mavzuga oid

18:39 / 12.05.2025
Mahachqal’a-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 1 oyga kechikishi mumkin

19:05 / 05.05.2025
Dog‘istondagi otishmada uch politsiyachi halok bo‘ldi

17:22 / 09.03.2025
Checheniston va Dog‘istonda Telegram bloklandi

23:44 / 05.03.2025