Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurjistondan Samarqandga aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Gurjistondan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Gurjiston tomoni o‘zbek biznesiga Qora dengizda port va terminallar qurishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Foto: Transport vazirligi
Gurjistondan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati.
Transport vazirligi rahbari Ilhom Mahkamov Gurjiston bosh vaziri o‘rinbosari — iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Levan Davitashvili bilan ikki davlat o‘rtasidagi transport-logistika aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Tomonlar, xususan, O‘zbekiston va Gurjiston o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish, yangi yo‘nalishlarga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdi.
Ilhom Mahkamov Gurjiston tomonining Gurjistondan Samarqandga havo qatnovini tashkil etish taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Levan Davitashvili o‘zbekistonlik tadbirkorlarga Gurjistonning Qora dengiz sohillarida port va terminallar qurishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar, shuningdek, xalqaro tashishlar uchun ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash hajmini oshirishga kelishib oldi.
2022 yilda Gurjistonning Poti va Batumi portlari orqali O‘zbekistonning eksport-import yuk tashish hajmi 864 ming tonnani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2021 yilga (503 ming tonna) nisbatan 72 foizga ko‘pdir.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaning Kiyevga zarbasi: sakkiz kishi, jumladan bir bola yaralandi
Jahon | 11:08
-
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi
O‘zbekiston | 11:04
-
Qibrayda fuqaroning 37 bosh qora molini qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlandi
Jamiyat | 10:57
-
Rossiyada taniqli siyosatshunos Yekaterina Shulman sirtdan hibsga olindi
Jahon | 10:28
Mavzuga oid

12:07 / 26.07.2025
Gurjistonda NATOning 7 davlati ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

15:04 / 14.07.2025
2030 yilgacha asfalt qilinmagan ichki yo‘l qolmaydi - transport vaziri

20:48 / 12.07.2025