Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YuNeSKO ijroiya kengashi O‘zbekiston tashabbusi bilan axborot sohasidagi rezolyutsiyasini bir ovozdan ma’qulladi

Foto: Dunyo AA
Joriy yilning 4-18 oktyabr kunlari Parijda bo‘lib o‘tgan YuNeSKO ijroiya kengashining 217-sessiyasida O‘zbekiston tashabbusi - «Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuni munosabati bilan Toshkent deklaratsiyasi» rezolyutsiyasi bir ovozdan ma’qullandi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Toshkent deklaratsiyasi 2022 yil 28-29 sentabr kunlari YuNeSKO bilan birgalikda Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuni munosabati bilan Toshkentda o‘tkazilgan «Sun’iy intellekt, elektron boshqaruv va axborot erkinligi» mavzusidagi xalqaro konferensiya yakunlari bo‘yicha qabul qilingan. Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuni 2019 yilda e’lon qilinganidan beri birinchi marta global darajada nishonlanmoqda. BMT Bosh assambleyasi tomonidan 28 sentabr - Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuni sifatida nishonlanadi.
Rezolyutsiya loyihasi a’zo davlatlar tomonidan ijroiya kengashining 217-sessiyasi kun tartibiga yangi masala sifatida kiritilgan asosiy hujjatlardan biri bo‘ldi. Hujjatga 20 ta davlat, jumladan, Andorra, Jazoir, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Kuvayt, Misr, Marokash, Suriya, Sudan, Tunis, Falastin, Palau, Shri-Lanka, Vengriya, Livan, Liberiya, Zimbabve va Chili hammuallif bo‘ldi.
Rezolyutsiyada O‘zbekiston hukumatiga Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuni munosabati bilan Toshkent shahrida (2022 yil 28-29 sentabr) bir qator tadbirlar tashkil etgani uchun minnatdorlik bildirilgan. Hujjat, shuningdek, bosh direktorni Toshkent deklaratsiyasida belgilangan inson huquqlari va barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish uchun axborotdan foydalanishga yordam beradigan faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi.
Hujjatga muvofiq, «Axborotdan erkin foydalanish bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi»ni tasdiqlash bo‘yicha bosh konferensiyaning 42-sessiyasi (shu yil 7-22 noyabr, Parij) kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Ijroiya kengash rezolyutsiyasi YuNeSKO Bosh konferensiyasi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan holda (umumiy ma’qullash) qabul qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

08:40 / 05.07.2025
YuNeSKO qarorgohida o‘zbek xalqining choy ichish bilan bog‘liq an’analari taqdim etildi

15:05 / 06.05.2025
Toshkentdagi 21 ta binoni YuNeSKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish taklif etilmoqda

21:18 / 30.04.2025
BMT O‘zbekiston tashabbusi bilan 29 aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb e’lon qildi

20:33 / 28.04.2025