Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Kongressdan Ukraina, Isroil va G‘azo uchun 106 milliard dollar so‘radi
AQSh prezidenti Ukrainaga 61,4 milliard dollar, Isroil mudofaasini mustahkamlash uchun 14,3 milliard dollar, shuningdek, Ukraina, Isroil va G‘azo sektoriga 10 milliard dollar gumanitar yordam so‘ragan.

Foto: Jonathan Ernst/Reuters/Bloomberg
AQSh prezidenti Jozef Bayden Kongressga Ukrainaga 61,4 milliard dollar, shuningdek, Isroil mudofaasini mustahkamlash uchun 14,3 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam so‘rab murojaat qildi, deb xabar berdi Bloomberg.
Amerika prezidenti shuningdek, Ukraina, Isroil va G‘azo sektoriga 10 milliard dollarlik gumanitar yordam so‘ragan. Shuningdek, so‘rov AQSh-Meksika chegarasi xavfsizligi uchun 13,6 milliard dollar va milliy xavfsizlikning boshqa ustuvor yo‘nalishlari uchun 7,4 milliard dollarni o‘z ichiga oladi.
Avvalroq Bayden amerikaliklarga murojaat qilib, nima uchun Ukraina va Isroilga yordam ko‘rsatish zarurligini tushuntirgan edi. Uning aytishicha, HAMAS va Rossiya prezidenti Vladimir Putin turli xil tahdidlarni keltirib chiqaradi, biroq ularning umumiy tomoni shundaki, ular qo‘shni demokratiyani butunlay yo‘q qilishni xohlashadi.
«HAMAS Isroil davlatini yo‘q qilish va yahudiy xalqini yo‘q qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan... Shu bilan birga, Putinning fikricha, Ukraina hech qachon suveren davlat sifatida mavjud bo‘lishga haqli emas. Ikki hafta oldin u agar Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Ukrainaga yordam berishni to‘xtatsa, Ukrainaning mavjud bo‘lishiga bir hafta vaqt qoladi degan edi», dedi Bayden.
Baydenning ta’kidlashicha, Amerika «HAMAS kabi terrorchilar va Putin kabi zolimlarning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaydi».
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

23:57 / 01.08.2025
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi

23:12 / 01.08.2025
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi

15:28 / 01.08.2025
AQSh 8 avgustgacha Ukrainada tinchlik o‘rnatishga chaqirdi

14:54 / 01.08.2025