Toshkentda ADM Global kompaniyasining HAVAL avtomobillari tantanali taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Foto: HAVAL
Birinchi 100 nafar xaridor uchun maxsus takliflar mavjud. Bundan tashqari, korporativ mijozlar uchun qulay chegirmalar amal qilmoqda.
14 oktyabr kuni Toshkentdagi Renessans Hallʼda HAVALʼning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblanuvchi ADM Global kompaniyasining HAVAL brendidagi ilk avtomobillarining tantanali taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Krossover segmentida yetakchi bo‘lgan kompaniya muxlislarga ikkita modelni namoyish etdi: Jolion va H6. Har bir model uch xil komplektatsiyada chiqarilmoqda: Comfort, Prestige va Premium.
Tadbirga yangi krossoverlarni baholash uchun yuzlab mehmonlar tashrif buyurdi. Zamonaviy raqslar va yuqori ovozli elektron musiqa bilan to‘ldirilgan dinamik va ajoyib lazer shou, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Jyenisbek Piyazovning chiqishlari, shuningdek, yangi avtomobillar haqida batafsil sharhlardan iborat jo‘shqin ko‘ngilochar dastur barchaga manzur bo‘ldi. Bundan tashqari, mehmonlar rulda o‘tirib, intererni ko‘zdan kechirdi va HAVAL brendining beqiyos sifatini qadrlashini bildirdi.
«Ajoyib tadbir bo‘ldi. Menga yoqdi. Yorqin shou, hamma narsa eng mayda detallargacha o‘ylangan. Tadbir yuqori sifatli avtomashinalar darajasi uchun mos tushadi», — dedi mehmonlardan biri o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan.
Ma’lumot o‘rnida, yangi HAVAL avtomobillari xaridorlarni bir vaqtning o‘zida mavjud 4 ta rang bilan xursand qila oladi.
«O‘zbekiston uchun odatiy oq va qora ranglardan tashqari, qizil va ko‘k ranglar ham mavjud. Shuni qo‘shimcha qilish joizki, interer rangini ham didingizga qarab tanlashingiz mumkin, bu O‘zbekiston uchun innovatsion yechimdir», — deydi HAVAL brendi texnik mutaxassisi Anton Topilin.
Ta’kidlash joizki, tadbirda HAVAL avtomobillarining dastlabki ikki xaridoriga sertifikat va sovg‘alar topshirildi.
HAVAL krossoverlari allaqachon MDHda keng tarqalgan. HAVAL brendining o‘ziga xos xususiyati ilg‘or bort texnologiyalari va jozibador narxdagi zamonaviy dizayndir. Jolion va H6 avtomobillarini qo‘shni mamlakatlar bozorlarida haqiqiy xit deb atash mumkin. Endi bu krossoverlar O‘zbekistonda yashovchilar uchun ham mavjud bo‘ladi.
ADM Global yuqorida tilga olingan modellar sotuvi boshlanganini allaqachon e’lon qilgan. Yil oxirigacha bozor boshqa modellar, jumladan, M6, Dargo va boshqalar bilan to‘ldiriladi.
Bundan tashqari, dastlabki 100 nafar xaridor uchun maxsus taklif mavjud: kamida 12 million so‘m oldindan to‘lov amalga oshirilganda va shartnoma bo‘yicha 5 kun ichida summa to‘liq to‘langanda narx 12 million so‘mga kamaytiriladi.
Shuningdek, korporativ mijozlar uchun ham taklif mavjud: uch va undan ortiq avtomobil xarid qilinganda har bir transport vositasi uchun 4,8 million so‘mdan chegirma taqdim etiladi.
Endilikda HAVAL avtomobillarining ikkala modeli ham Olmazor dilerlik markazida mavjud.
Ish vaqti: 9:00 dan 20:00 gacha, dam olish kunlarisiz
Manzil: Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li, 36-uy
Telefon: +998 71 287 88 88
Reklama
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Xitoy bilan savdo urushini hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi
Jahon | 00:45
-
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi
Jahon | 00:21
-
Yaponiyaning Oyga uchirgan moduli qo‘nish vaqtida falokatga uchradi
Fan-texnika | 00:05
-
Oq uy senatni Rossiyaga qarshi «qaqshatkich» sanksiyalariga oid qonun loyihasini yumshatishga chaqirdi
Jahon | 23:33 / 06.06.2025
Mavzuga oid

17:00 / 10.04.2025
HAVAL'dan bahoriy yangilik: o‘z krossoveringizni 17 mln so‘mgacha foyda bilan tanlab oling!

17:00 / 27.11.2024
Toshkentda HAVAL avtomobil brendining dilerlik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

19:00 / 14.11.2024
HAVAL Jolion xarid qilish uchun 5 ta sabab

17:00 / 17.10.2024