AQSh Harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga yangi atom suvosti kemasi qabul qilinadi
USS Hyman Rickover atom suvosti kemasi 1,6 ming km masofaga uchadigan 12 ta Tomahawk qanotli raketalari bilan jihozlangan.

Foto: Chief Petty Officer Joshua Karsten
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga Virginia toifasidagi yangi, ko‘p maqsadli USS Hyman Rickover atom suvosti kemasi qabul qilinadi. Bu haqda Pentagon xabar berdi.
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari vaziri Karlos Del Toro ishtirokida suvosti kemasini flotga qabul qilish marosimi Grotondagi (Konnektikut shtati) Nyu-London suvosti bazasida bo‘lib o‘tadi.
Ko‘p maqsadli USS Hyman Rickover atom suvosti kemasi 1,6 ming km masofaga uchadigan 12 ta Tomahawk qanotli raketalari bilan jihozlangan. Shuningdek, u Virginia sinfidagi yigirma ikkinchi va Block IV seriyasidagi to‘rtinchi suvosti kemasi hisoblanadi. U tovushni yutuvchi maxsus qoplama va past shovqinli harakatlanuvchi tizimga ega.
Suvosti kemasining konstruksiyasi o‘t ochish qobiliyati, manyovr va maxfiylikni oshiradigan ko‘plab eng yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Bunday suvosti kemalari 25 uzel tezlikka ega va suv ostida bir necha oy davomida jangovar navbatchilik qila oladi.
Virginia toifasidagi to‘rtinchi avlod atom suvosti kemasini qurish qiymati taxminan 2,7 milliard dollarga baholangan. AQSh Harbiy-dengiz kuchlari 2030 yilgacha Virginia toifasidagi 34 ta suvosti kemasini qabul qilishni rejalashtirmoqda. Ular 1970-1990 yillarda qurilgan Los Angeles toifasidagi barcha atom suvosti kemalarini almashtirishi kerak. Hozir AQSh flotida 26 ta shunday kema bor.
Mavzuga oid

00:30
Tramp oilasi 499 dollarlik «Oltin smartfon»ni sotuvga chiqaradi

00:11
“Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q” – siyosatshunos

22:20 / 16.06.2025
Tramp Rossiyaning G8 tashkilotidan chetlatilishini xato deb atadi

19:40 / 16.06.2025