Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sel va suv oqimlarini xavfsiz o‘tkazish tadbirlariga 115 mlrd so‘m yo‘naltirildi - FVV
Yil davomida toshqin suvlari, sel va suv oqimlarini xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha Yig‘ma manzilli dastur asosida 115 mlrd so‘mlik ish bajarilgan.

2023 yilda toshqin suvlari, sel va suv oqimlarini xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha Yig‘ma manzilli dastur asosida respublika budjeti hisobidan 115 mlrd so‘mlik ish bajarilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Furqat Abdiqodirov ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, Favquloda vaziyatlar, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi, Tog‘-kon sanoati va geologiya, Suv xo‘jaligi vazirliklari va boshqa mas’ul idoralar xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan sel, toshqin va ko‘chki xavfi mavjud hududlar o‘rganib chiqilgan. 1027 ta xo‘jalik, 5127 nafar fuqaro vaqtinchalik xavfsiz hududlarga ko‘chirilib, 137 ta xo‘jalik, 674 nafar fuqarolar muhandislik-muhofaza tadbirlari to‘liq amalga oshirilgani munosabati bilan sel va toshqin suvlaridan muhofaza qilingan.
Shuningdek, 2023 yilda toshqin suvlari, sel va suv oqimlarini xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha Yig‘ma manzilli dastur asosida 67 ta suv obektida, respublika budjeti hisobidan 115 mlrd so‘m, 2588 ming kub.m. tuproq, 249961 kub.m., 32526 kub.m. beton va 430 tonna temir ishlari bajarilgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Putin bilan uchrashuvining asosiy shartini aytdi
Jahon | 20:49
-
Makron Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirishga va’da berdi
Jahon | 20:30
-
NYT: Pentagon Trampning samolyotini qayta jihozlash uchun 934 mln dollar yo‘naltirdi
Jahon | 20:11
-
Daniyalik milliarderlar Putinga xizmat qilishda ayblandi
Jahon | 19:47
Mavzuga oid

23:11 / 23.07.2025
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi

20:08 / 05.07.2025
Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari uchun kiborg-qo‘ng‘iz yaratildi

10:02 / 28.06.2025
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi qo‘lga olindi

20:33 / 12.06.2025