O‘zbekiston | 08:16 / 09.10.2023
6281
2 daqiqa o‘qiladi

Umraga ketayotgan chog‘ida Sharjada salomatligi yomonlashgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Fuqarolarning shifoxonaga to‘lashi lozim bo‘lgan 4400 dollar mablag‘dan voz kechilgan va ular Sharja–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bepul aviachipta bilan ta’minlangan.

Foto: Dunyo AA

O‘zbekistonning Dubay shahridagi bosh konsulligi xodimlari ikki nafar keksa yoshdagi mamlakat fuqarosi Umra safariga ketayotgan chog‘ida "Sharja" xalqaro aeroportining tranzit yo‘lovchilar hududida sog‘ligi yomonlashib qolgani va Sharja amirligining "Al Qosimiya" shifoxonasiga shoshilinch tarzda olib borilganidan xabar topdi, deb yozmoqda "Dunyo".

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonliklar joriy yil 26 sentabr kuni Umra safarini bajarish uchun "Namangan–Sharja–Madina–Sharja–Namangan" yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnoviga chipta olgan.

Bosh konsulxona xodimlari qiyin ahvolda qolgan keksa yoshdagi hamyurtlarga konsullik-huquqiy yordam berish va ularni vatanga qaytarish maqsadida "Al Qosimiya" shifoxonasi mas’ullari hamda Sharja xalqaro aeroportining huquqni muhofaza qiluvchi idoralari mas’ul xodimlari bilan muzokaralar o‘tkazdi. 

Buning natijasida, mamlakat fuqarolariga shifoxonaga to‘lanishi lozim bo‘lgan 4400 AQSh dollaridan voz kechish va Sharja–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bepul aviachipta bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shu tariqa ular vatanga qaytarildi.

Mavzuga oid