Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Xavfsizlik kengashi HAMASning harakatlari bo‘yicha bir qarorga kela olmadi
Navbatdan tashqari yig‘ilishda Xavfsizlik kengashi a’zolari bir qarorga kela olmadi. Ayrim davlatlar HAMASning Isroilga hujumini qoralashga rozi bo‘lmadi, deb xabar qildi AQShning BMTdagi vakili o‘rinbosari.

Foto: Oren Ziv/AFP/Getty Images
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi navbatdan tashqari yig‘ilishda HAMAS harakatini bir ovozdan qoralab chiqmadi. 8 oktyabr, yakshanba kuni yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Xavfsizlik kengashi a’zolari yagona qaror bo‘yicha kelisha olmadi, deb xabar berdi Amerikaning CNN telekompaniyasi 9 oktyabr kuni diplomatlarga tayanib.
«Brifingda aslida nimalar muhokama qilingani haqida batafsil ma’lumot bermoqchi emasman, biroq HAMAS hujumlarini qoralagan bir qator davlatlar bor», — deya CNN AQShning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Robert Vuddan iqtibos keltirgan. Shu bilan birga, Vudning qo‘shimcha qilishicha, ayrim davlatlar HAMASni qoralashga tayyor emas.
Amerikalik diplomatga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar BMT oliy organi yig‘ilishidan oldin ham HAMAS bir ovozdan qoralanishini kutayotganini ochiq aytgan. «Jahon hamjamiyatining sodir bo‘lgan va sodir bo‘layotgan hujumlar va harakatlarni keskin qoralashi muhim», dedi Robert Vud.
HAMASning Isroilga hujumi
HAMAS jangchilari 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroilga raketa zarbalari bera boshladi. Ayni paytda, falastinliklarning qurolli otryadlari quruqlik, havo va dengiz orqali Isroilga kirib, bir qator chegaradosh mahallalarda hujumni amalga oshirdi.
Ular, Isroil tomoniga ko‘ra, yuzdan ortiq odamni, jumladan, ayollar, bolalar va qariyalarni o‘g‘irlab, G‘azo sektoriga olib ketgan. Bunga javoban Isroil aviatsiyasi G‘azodagi HAMAS obektlariga zarbalar berdi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Belarusda Tixanovskaya demokratik kuchlarining vakillari «terrorchilar» deb tan olindi
Jahon | 13:57
-
O‘zbekistonning issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga qo‘shadigan hissasi ortadi
O‘zbekiston | 13:53
-
Zaruratdan muvaffaqiyatgacha: Ayol uchun “Me‑time” qanchalik muhim?
Jamiyat | 13:47
-
AQSh Ukrainaga ayrim turdagi qurollarni yetkazib berishni qayta tikladi
Jahon | 13:37
Mavzuga oid

16:54 / 08.07.2025
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi

15:49 / 07.07.2025
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

18:56 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi

08:27 / 02.07.2025