Jahon | 14:40 / 08.10.2023
5598
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil armiyasi tun davomida G‘azodagi 400 dan ortiq nishonlarga zarba yo‘lladi

Foto: Getty Images

Isroil mudofaa armiyasi (TsAXAL) 8 oktyabrga o‘tar kechasi HAMASning G‘azo sektoridagi 400 dan ortiq obektlarga hujum uyushtirgan. Bu haqda harbiylarga asoslanib Haaretz nashri xabar berdi. 

TsAXAL vakili Daniel Xagarining xabariga ko‘ra, tun davomida HAMASning 426 obekti aniq nishonga olingan. CNN ma’lumotiga ko‘ra, guruh a’zolari foydalangan o‘nta ko‘p qavatli binolarga hujum qilingan. 

Bundan tashqari, Xagarining xabar berishicha, Isroil armiyasi mamlakat janubidagi katta hududlarni o‘z nazoratiga qaytargan. Janglar Beeri kommunasida, shuningdek Isroil janubidagi Sderot shahri va yana bir qancha aholi yashash manzillarida davom etayotgani aytilgan.

Armiya vakili Isroilning chegara hududlaridagi quruqlik amaliyotlarida o‘n ming askar harakatga keltirilganini ma’lum qilgan. 

  • HAMAS harakati 7 oktyabr tongida Isroilga qarshi harbiy amaliyot boshladi. Isroil hududiga G‘azodan uch mingga yaqin raketa uchib kelgan, falastinliklar chegara hududlariga bostirib kirgan va isroillik harbiylar bilan qurolli to‘qnashuvlar boshlangan. Isroil hududida o‘nlab kishilar asir olinib, G‘azo tomon olib ketilgan. Bunga javoban Isroil mudofaa armiyasi G‘azo bo‘lgasidagi nishonlarga yoppasiga zarba berishni boshladi.

Mavzuga oid