Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil G‘azo sektoriga javob zarbalari berishni boshladi
Isroil mudofaa armiyasi (TsAXAL) «jangovar shay holat» haqida e’lon qildi. Mamlakatda zaxiradagilarning ommaviy chaqiruvi boshlandi.

Foto: Getty images
Isroil mudofaa armiyasi (TsAXAL) 7 oktyabr, shanba kuni ertalab G‘azo sektoridan jangchilar chegara hududlariga kirib kelganidan so‘ng «jangovar shy holat» haqida e’lon qildi. Isroil armiyasi G‘azo sektoriga hujum uyushtirdi, deb xabar berdi armiya matbuot xizmati. Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant zaxiradagi askarlarning ommaviy chaqiruvi to‘g‘risida e’lon qildi. U Isroilning markaziy qismida va mamlakat janubida «maxsus xavfsizlik holati» joriy etishni buyurdi. «HAMAS bugun ertalab jiddiy xatoga yo‘l qo‘yib, Isroil davlatiga qarshi urush boshladi. Isroil mudofaa kuchlari bo‘linmalari hamma joyda dushmanga qarshi kurashmoqda», dedi vazir xavfsizlik kuchlari rahbariyati bilan vaziyatni baholash bo‘yicha uchrashuv yakunlari bo‘yicha.
Isroil hududiga jangchilar guruhlari kirib kelgan
Shifokorlarga ko‘ra, G‘azo sektoridan raketa hujumlari natijasida kamida 16 nafar isroillik yaralangan, ikki nafarining ahvoli og‘ir, bir ayol halok bo‘lgan.
TsAXAL xabar berishicha, G‘azo sektoridan jangchilar guruhlari Isroil hududiga kirib kelgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, gap mashinalarda ketayotgan o‘nlab qurollangan odamlar haqida ketmoqda. Ayrim aholi punktlarida ko‘cha janglari kuzatilgan. Keyinchalik hujumchilarning bir necha guruhi anklavga qaytib ketgan.
HAMAS «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi
Falastinning HAMAS tashkiloti harbiy qanoti qo‘mondoni Muhammad al-Dayf zarbalarni «buyuk inqilob kuni» deb atadi. «Biz «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qilamiz va dushman pozitsiyalari va istehkomlariga berilgan birinchi zarba 5 ming raketa va snaryaddan oshganini ma’lum qilamiz. Bugundan boshlab bosqinchilar bilan xavfsizlik choralarini muvofiqlashtirish to‘xtatildi. Xalqimiz inqilobni qayta kashf etib, davlatni yaratish loyihasiga qaytmoqda. Miltig‘i bor har bir kishi bugun uni olib chiqishi kerak, chunki vaqt keldi», deyiladi harbiy qanot saytida.
Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi Falastin guruhlari ham umumiy jangovar shaylik holatini e’lon qildi. Ular barcha nuqtalardan «bosqinchi kuchlar va ularning ko‘chmanchilariga qarshi» zudlik bilan hujum qilishga chaqirdi.
Harakatning siyosiy byurosi rahbari o‘rinbosari Solih al-Aruriy arab davlatlarini «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasiga qo‘shilishga chaqirdi.
Bir kun avval, Yevropa taqvimiga ko‘ra, oktyabr urushiga 50 yil to‘ldi. O‘shanda Isroil hamda Misr va Suriya o‘rtasida harbiy to‘qnashuv yuz bergan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistonda dahshatli qotillik ishi, Qozog‘istonda derazadan qulagan chaqaloq va Qirg‘izistonda taqiqlangan sim-karta «o‘rtakashligi»
Jahon | 13:37
-
Mo‘ynoqdagi konda gaz sizib chiqishi ro‘y berdi
O‘zbekiston | 11:35
-
Isroil BMTning gumanitar yordamini G‘azoga yetkazish uchun yo‘laklar ochishga va’da bermoqda
Jahon | 09:57
-
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos
Jahon | 09:02
Mavzuga oid

07:36 / 25.07.2025
111 gumanitar tashkilot G‘azoga yordam yetkazilishini talab qilmoqda

00:46 / 25.07.2025
AQSh Isroil–Hamas muzokaralaridan chiqdi

20:17 / 24.07.2025
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi

22:44 / 23.07.2025