Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ilm olish, unga rag‘bat uyg‘otish va sharoit yaratishning ham savobi kattadir” – muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Nuriddin domla Xoliqnazarov tadbirkor, qo‘lidagi pulini qayerga sarflashni o‘ylayotganlarga murojaat qilib, eng savobli ishlardan biri maktab qurish ekanini aytdi.

Foto: Kun.uz
“Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ilmga shu qadar e’tibor berganliklaridan hatto dushman tomondan asirlar tushib qolsa, ularning ichida ilmlilari bo‘lsa, olimlari bo‘lsa, o‘shalarga shart qo‘yardilar. Bizning ilmi yo‘q musulmonimizga ilm o‘rgatsangiz, harf o‘rgatsangiz sizlarni ozod qilamiz deganlar. Shuning uchun ilm-ma’rifat uchun xizmat qilishimiz kerak. Chunki ilm olish farzmi, unga olib boradigan narsalarning o‘zi ham farz hisoblanadi.
Endi shu bilimni bugungi kunda bizga nima hosil qiladi? Maktab, oliygohlar va ilm maskanlari – mana bular biz uchun juda muhim. Hozir tadbirkor, boy-badavlat kishilarning ko‘pchiligi pulimizni qayerga sarflaylik, nima qilib bersak savob bo‘ladi, masjid quraylikmi, deb bizga murojaat qilyapti. Masjid qursangiz savob, maktab qursangiz, undan ham ko‘p savob bo‘ladi deyapmiz.
Birodari aziz, maktab, shifoxona yo‘l qursangiz, sadaqai joriya bo‘ladi. Bu nima degani? Payg‘ambarimiz s.a.v. aytadilarki, bir inson olamdan o‘tsa uning amali kesiladi, ya’ni unga endi savob yozilishi to‘xtaydi. Lekin 3 toifa kishi borki, unga savob yozilib turaveradi. Birinchisi sadaqai joriya qilgan kishi. Birov maktab, shifoxona, ko‘prik – ko‘pchilik foydalanadigan inshootlarni qurib Alloh yo‘liga shunday tashlab ketsa, to o‘sha bino buzilib yo‘qolib ketguncha, haligi inson olamdan o‘tib ketganidan keyin necha yuz yil bo‘lsa ham daftariga savob yozilib turadi. Yoki kitob yozsa, shogirdlar qoldirib ketsa, o‘sha kitobi o‘qilarkan u odamga savob yoziladi. Demak agar maktab qursa ham u sadaqai joriya bo‘lyapti, ham o‘sha joyda kitob yozilyapti va o‘sha odam uchun juda katta savoblar borib turadi”, – dedi muftiy.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Marg‘ilonda 35 mln dollarlik city qurilishi boshlandi
O‘zbekiston | 11:43
-
Davlat organlarida ijro intizomiga mas’ul bo‘linmalar birinchi rahbar bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 11:29
-
Yana 6 ta metro bekatida poyezdlar harakati to‘xtatiladi
Jamiyat | 11:18
-
Rossiyaning Kiyevga zarbasi: sakkiz kishi, jumladan bir bola yaralandi
Jahon | 11:08
Mavzuga oid

20:31 / 31.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Haj ziyoratidagi o‘zbekistonliklardan xabar oldi

21:45 / 28.02.2025
Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov: Bu yil mamlakatdagi 1700 dan ortiq masjidda xatmi Qur’on o‘qiladi

20:00 / 28.12.2024
To‘y va boshqa tantanalar riyo va isrofga to‘ldi - O‘zbekiston musulmonlari idorasi

13:56 / 02.07.2024